Ассалому алейкум
Mavzu:

Namozda ko‘z nuri yaxshilanishini so‘rasa bo‘ladimi? 05.02.2017

Savol:

    Assalomu alaykum. Mening ko‘zim nuri biroz pasaygan. Kompyuterda ko‘p ishlaganim tufaylimi, bilmadim. Nafl namoz o‘qib, Ollohdan ko‘zim nurini yaxshilashini so‘rayman. Bu joizmi? Va, Shayx Muhammad Sodiq xazratlariga yo‘llangan savolga ko‘zim to‘shdi. (http://savollar.islom.uz/smf/index.php/topic,34001.0.html#lastPost). Ammo to‘liq ma’lumot ololmadim. Sizdan iltimos, zehnni quvvatini oshirish uchun o‘qiladigan namoz haqida ba’tafsil ma’lumot bera olasizmi? Agar noo‘rin va ortiqcha savollar berib qimmatli vaqtingizni olgan bo‘lsam uzr. Olloh Sizdan rozi bo‘lsin.

Bo`lim Ibodat masalalari
7662
Javob:

    Va alaykum assalom. Mo‘min-musulmon banda namoz o‘qib, Allohdan yordam so‘raydi. Zero, Alloh taolo shunday xitob qilgan: “Sabr va namoz o‘qish bilan madad so‘ranglar! Albatta (namoz o‘qish) og‘ir ishdir. Magar Parvardigorlariga ro‘baro‘ bo‘lishlarini, Uning huzuriga qaytuvchi ekanlarini biladigan shikastanafs zotlarga (og‘ir emas)” (Baqara surasi, 45-46-oyatlar).
    Muammolar ko‘payib, qat’iyat susaygan bir paytda namoz bandaga kuch bag‘ishlaydi, uni sabrli bo‘lishga undaydi. Namoz toatni yangilab turuvchi vosita, qalbni oziqlantiruvchi kuchdir. U sabr arqonini mustahkamlaydi, uzilib ketishidan asraydi. Quvvati cheklangan inson doim madad olib turishga, yomonliklarga qarshi kurashish uchun yordamga muhtoj. Shahvatlar, ehtiroslar tug‘yon urganda, yo‘l uzayib, qisqa umrida mashaqqatlar ko‘payib ketganida insonga dalda, xotirjamlik beruvchi vositaga – namozga ehtiyoji yanada ortadi. Mana shunda namozning haqiqiy qiymati bilinadi. Chindan ham, namoz qurimas buloq, jazirama kundagi yoqimli shabboda, holdan toygan qalb uchun yupanch, mehribon ovutuvchidir. Namoz bandani Allohga bog‘laydi, Unga yaqinlashtiradi, rahmatiga noil qiladi. Shuning uchun ulug‘ payg‘ambarlar biron muammoga duch kelishsa, namoz o‘qishgan. Jumladan, anbiyolar sayyidi Muhammad Mustafo sollallohu alayhi va sallam mushkul vaziyatda qolsalar, ibodat qilib Allohdan yordam so‘rardilar.
    Huzayfa roziyallohu anhudan rivoyat qilinishicha, Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallam boshlariga biron yumush tushsa, darrov namoz o‘qishga chog‘lanardilar (Abu Dovud, Ahmad rivoyat qilgan. Rivoyat sanadi sahih).
    Nabiy sollallohu alayhi va sallam biron narsaga muhtoj bo‘lsalar, tang ahvolda qolsalar oila a’zolariga murojaat qilib: “Ey ahlim! Namoz o‘qinglar, namoz o‘qinglar!” deb aytardilar (Manba: Bayhaqiy, “Shuabul imon”; Tabaroniy, “Avsat”; Ahmad ibn Hanbal, “Zuhd”; Abu Nuaym, “Hilyatul avliyo”).
    Rasululloh ko‘z quvonchini namozda deb bilganlar. Namoz o‘qib rohatlanar, Allohga yukinib o‘zlarini yengil his etardilar. Shu sabab bo‘lsa kerak, najot sari chorlovchi muazzin Bilolga qarab: “Ey Bilol! Namozga iqomat ayt, bizni rohatlantir!” derdilar.
    Qalb Allohning zikri bilan rohatlanadi. Olamlar Parvardigori yod etilganda mo‘min banda dili quvonadi. Namozda zikrning barcha turlari mujassam. Unda qiroat, duo, zikr-tasbeh, salavot, istig‘for bor. Namozni qoyilmaqom qilib o‘qishga harakat qilgan inson ibodatda halovatga erishadi. Bu lazzatni moddiy ne’matlardan topish qiyin. Chunki moddiy ne’matlar faqat tana a’zolarimizni huzurlantiradi. Namoz esa qalbimizga ham, tanamizga ham huzur-halovat bag‘ishlaydi.
     Hatto biron joyimiz og‘riganida ham namoz o‘qisak, tanamiz yayraydi, mushkulimiz oson bo‘ladi. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Kunning qoq o‘rtasida, quyosh ayni qizdirgan mahalda Nabiy sollallohu alayhi va sallam bilan birga edim. O‘shanda turib namoz o‘qidim. Keyin joyimga kelib o‘tirdim. Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallam menga razm solib turib: “Qorning og‘riyaptimi?” deb so‘radilar. Men: “Ha, ey Rasululloh!” dedim. Shunda u zot: “O‘rningdan turib namoz o‘qi! Chunki namozda shifo bor”, deb marhamat qildilar” (Ibn Moja, Ahmad rivoyat qilgan. Rivoyat sanadi zaif).
    Namoz rizqni barakali qiladi, sog‘likni tiklaydi, aziyatni ketkazadi, kasallikni haydaydi, qalbni (yurakni) baquvvat qiladi, ko‘ngilga shodlik bag‘ishlaydi, dangasalikni aritadi, tanani tetiklashtiradi, kuch-quvvatni oshiradi, dilni ravshan qiladi, ruhni oziqlantiradi, yuzni nurli qiladi, azobni qaytaradi, baraka keltiradi, shaytonni uzoqlashtiradi, Allohga yaqinlashtiradi. Bir so‘z bilan aytganda, qalbni, tanani kasalliklardan saqlashda namozning o‘rni juda katta.
     Ko‘z nurini ravshan qilish uchun o‘qiladigan maxsus namoz borligini bilmayman. Siz – farz yoki nafl bo‘lishining farqi yo‘q – namoz o‘qib, Allohdan madad so‘rasangiz, “Yo Alloh, menga yordam ber, ko‘z nurimni o‘tkir qil”, deb duo qilsangiz, Alloh duolaringizga ijobat etsa, ajab emas. Ayniqsa, tunda bedor bo‘lib, tahajjud namozini o‘qish, sahar chog‘ida istig‘for aytish, duo qilish fazilati juda ulug‘ (Manba: “Namozda xushu’” kitobi).
    Shu bilan birga ko‘z shifokorlariga murojaat qilib, ularning maslahatini olishingizni va kerak bo‘lsa tegishli muolaja kursini qabul qilishingizni tavsiya qilamiz. Chunki, hadisi shariflarda kelganidek, Alloh taolo biror kasallikni yaratgan bo‘lsa, albatta uning shifosini va davo yo‘llarini ham yaratib qo‘ygan. Agar davo dardga to‘g‘ri kelsa, Allohning izni bilan dard chekinadi va inson shifo topadi. Qolaversa, bu dunyo sabablar dunyosidir. Inson Allohdan so‘rash va tavakkul qilish bilan birga sabablarni ishga solishga ham buyurilgandir. Hatto payg‘ambarlar sabablarni ishga solib yashaganlar. Shunday ekan, bizlar sababini qilmasdan faqat duo qilish bilan cheklanib qolishimiz to‘g‘ri emas.
     Zehnni o‘tkirlashda ham duo qilish bilan birga mutaxassislar tomonidan tavsiya etiladigan zehnni chiniqtiruvchi ayrim mashg‘ulotlarni bajarish, muayyan vitaminga ega oziq moddalarini iste’mol qilish, nomahramdan ko‘zni tiyish, keraksiz narsalar bilan shug‘ullanmaslik, ongni foydasiz ma’lumotlar bilan to‘ldirmaslik, tartibli hayot kechirish kabi bir qator ishlarni bajarish foydadan xoli bo‘lmaydi.

Kun hadisi

Oziga aloqasi bolmagan narsalar bilan shugullanmaslik kishining Islomi gozalligidan darakdir (Imom Termiziy rivoyati, hasan hadis). Izoh: Ushbu hadis…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217302
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар
Namozda ko‘z nuri yaxshilanishini so‘rasa bo‘ladimi? 05.02.2017

Assalomu alaykum. Mening kozim nuri biroz pasaygan. Kompyuterda kop ishlaganim tufaylimi, bilmadim. Nafl namoz oqib, Ollohdan kozim nurini yaxshilashini sorayman. Bu joizmi? Va, Shayx Muhammad Sodiq xazratlariga yollangan savolga kozim toshdi. (http://savollar.islom.uz/smf/index.php/topic,34001.0.html#lastPost). Ammo toliq malumot ololmadim. Sizdan iltimos, zehnni quvvatini oshirish uchun oqiladigan namoz haqida batafsil malumot bera olasizmi? Agar noorin va ortiqcha savollar berib qimmatli vaqtingizni olgan bolsam uzr. Olloh Sizdan rozi bolsin.

7662