Ассалому алейкум
Mavzu:

Doim tahoratli holda yurish fazilati! 14.07.2017

Savol:

Assalomu alaykum. Mumin bandaning Tahoratli yurish v tahoratsiz yurishi xaqida ikki og‘iz ma’lumot bersangiz iltimos. Javobingiz uchun oldindan raxmat

Bo`lim Ibodat masalalari
5671
Javob:

Va alaykum assalom. Kishi namoz o‘qimoqchi yoki Qur’onni qo‘lga olib tilovat qilmoqchi bo‘lsa, tahorat qilish farz. Chunki bu ishlarni tahoratsiz qilib bo‘lmaydi.

Hadisi shariflarda aytilishicha, doim tahoratli holda yurish mo‘min bandaga xos xislatdir.

 

عَنْ ثَوْبَانَ رَضِيَ اللهُ عَنْهُ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: اسْتَقِيمُوا وَلَنْ تُحْصُوا وَاعْلَمُوا أَنَّ خَيْرَ أَعْمَالِكُمْ الصَّلاَةُ وَلاَ يُحَافِظُ عَلَى الْوُضُوءِ إِلاَّ مُؤْمِنٌ. رَوَاهُ مَالِكٌ وَالدَّارِمِيُّ وَابْنُ مَاجَهْ وَأحَمْدُ وَالْحَاكِمُ وَابْنُ حِبَّانَ وَالطَّبَرَانِيُّ فِي الْكَبِيرِ وَسَنَدُهُ صَحِيحٌ.

Savbon roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan rivoyat qiladi: “Sobitqadam bo‘linglar, zinhor toqat qila olmaysizlar (yoki hisoblay olmaysizlar). Bilinglarki, albatta amallaringiz ichida eng yaxshisi namozdir. Tahoratni faqat mo‘mingina saqlaydi” (Molik, Dorimiy, Ibn Moja, Ahmad, Hokim, Ibn Hibbon, Tabaroniy “Kabiyr”da rivoyat qilgan. Hadis sanadi sahih).

Dinda sobitqadam bo‘lish, Allohning amrini mahkam ushlab, sabot bilan turish nafsga og‘ir keladi. Bu ishni faqat qalbi ochiq, Allohning hidoyatiga noil bo‘lgan ixlosli bandalargina eplay oladi.

“Bilinglarki, albatta amallaringiz ichida eng yaxshisi namozdir”.

Ya’ni, agar dinda sobitqadam bo‘la olmasangiz yoki bu ishda sustkashlikka yo‘l qo‘ysangiz, unda dinning asosi namozni mahkam ushlanglar. Zero u eng ulug‘ va ajri ko‘p amaldir.

“Tahoratni faqat mo‘mingina saqlaydi”.

Faqat mo‘min bandagina tahorat qiladi. Faqat mo‘mingina tahoratini saqlaydi, uni mukammal amalga oshiradi. Faqat mo‘mingina doim tahorat bilan yuradi.

 

وَعَنْ عَبْدِ اللهِ بْنِ بُرَيْدَةَ عَنْ أَبِيهِ قَالَ: دَعَا رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ بِلاَلاً فَقَالَ: يَا بِلاَلُ بِمَ سَبَقْتَنِي إِلَى الْجَنَّةِ إِنِّي دَخَلْتُ الْجَنَّةَ الْبَارِحَةَ فَسَمِعْتُ خَشْخَشَتَكَ أَمَامِي فَقَالَ بِلاَلٌ: يَا رَسُولَ اللهِ مَا أَذَّنْتُ قَطُّ إِلاَّ صَلَّيْتُ رَكْعَتَيْنِ وَمَا أَصَابَنِي حَدَثٌ قَطُّ إِلاَّ تَوَضَّأْتُ عِنْدَهَا فَقَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: بِهَذَا. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَأَحْمَدُ وَابْنُ خُزَيْمَةَ وَالْحَاكِمُ وَالْبَيْهَقِيُّ فِي شُعَبِ الإِيْمَانِ وَسَنَدُهُ صَحِيحٌ.

Abdulloh ibn Burayda otasidan rivoyat qiladi: “Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Bilolni chaqirib, “ey Bilol, jannatga mendan nima (amaling) sabab o‘zib ketding. Men bugun kechasi jannatga kirib, oldimda poyafzaling ovozini eshitdim”, degan edilar, Bilol: “Ey Rasululloh, agar azon aytsam ketidan ikki rak’at namoz o‘qiyman va agar tahoratim buzilsa, yangi tahorat olaman”, deb javob berdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Shu sababdan ekan-da”, dedilar” (Termiziy, Ahmad, Ibn Xuzayma, Hokim, Bayhaqiy “Shua’bul iyman”da rivoyat qilgan. Rivoyat sanadi sahih).

Bir kuni Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bomdod namozidan so‘ng Bilol roziyallohu anhuni huzurlariga chaqirib, “ey Bilol, bugun kechasi tushumda seni jannatda ko‘rdim. Qaysi amaling bilan bunday maqomga erishding?” deb so‘raganlarida, Bilol: “Qachon azon aytsam, iqomatdan oldin namoz o‘qiyman. Agar tahoratim buzilsa, yangi tahorat olaman va ikki rak’at namoz o‘qiyman” deb javob berdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Mana shu amallaring bilan jannatga kirgan ekansan-da”, dedilar. Bu rivoyatdan azondan keyin namoz o‘qish va doim tahorat bilan yurish qanchalik fazilatli amal ekanini bilib olamiz.

 

وَعَنْ ابْنِ عُمَرَ رَضِيَ اللهُ عَنْهُ عَنْ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ أَنَّهُ قَالَ: مَنْ تَوَضَّأَ عَلَى طُهْرٍ كَتَبَ اللهُ لَهُ بِهِ عَشْرَ حَسَنَاتٍ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالتِّرْمِذِيُّ وَابْنُ مَاجَهْ وَابْنُ جَرِيرٍ الطَّبَرِيُّ وَابْنُ أَبِي شَيْبَةَ وَعَبْدُ بْنُ حُمَيْدٍ وَسَنَدُهُ ضَعِيفٌ.

Ibn Umar roziyallohu anhu Nabiy sollallohu alayhi va sallamdan rivoyat qiladi: “Kim tahorat ustiga tahorat qilsa, Alloh unga o‘sha (tahorat) sababidan o‘nta hasana (yaxshilik) yozadi” (Abu Dovud, Termiziy, Ibn Moja, Ibn Jarir Tabariy, Ibn Abu Shayba, Abd ibn Humayd rivoyati. Hadis sanadi zaif).

Ushbu hadisda tahorati bo‘la turib yana tahorat qilish bilan banda o‘nta ajr-savob va yaxshilikka erishishi aytilmoqda.

Ulamolar tahorat ustiga tahorat qilish mustahabligini aytishgan. Bunda avvalgi tahorat bilan namoz o‘qilgan bo‘lishi kerak. Tiybiy avvalgi tahorat bilan namoz o‘qimay yana tahorat qilishni makrux sanagan. Sababi bunda suv isrof bo‘ladi.

Rivoyatlarning birida: “Tahorat ustiga tahorat qilish nur ustiga nurdir”, deyilgan. Ko‘pchilik ulamolar bu qavl salaflarga tegishli ekanini aytishgan.

Xullas, ibodatlardan boshqa vaqtlarda tahoratli holda yurish fazilatdir. Agar mustahab tahoratdan keyin ikki rakat namoz o‘qilsa, yanayam yaxshi bo‘ladi (Manba: “Tahorat kitobi”).

Kun hikmati

Keliniga zulm qilayotgan qaynonalar "Hargiz Alloh zolimlar qilayotgan amallardan gofil, deb hisoblama!" (Ibrohim surasi: 42) oyatini yodiga keltirsin…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 69529
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар
Doim tahoratli holda yurish fazilati! 14.07.2017

Assalomu alaykum. Mumin bandaning Tahoratli yurish v tahoratsiz yurishi xaqida ikki ogiz malumot bersangiz iltimos. Javobingiz uchun oldindan raxmat

5671