Ассалому алейкум
Mavzu:

Homilador ayol namozni qanday o‘qiydi? 23.09.2017

Savol:

Assalomu alaykum. Men ikkinchi farzandimga homiladorman. Besh vaqt namozni o‘z vaqtida o‘qishga harakat qilyapman. “Endi to‘xtatib turgin. Namozda o‘tirib-turganingda homilaga zarar bo‘lishi mumkin”, deyishyapti. Aytingchi, homiladorlarga namoz o‘qish hukmi qanday? Men namozni tark qilishni ham, homilamga zarar yetishini ham istamayman! Javobingizni kutaman!

Bo`lim Ibodat masalalari
36611
Javob:

Va alaykum assalom. Musulmon banda besh vaqt farz namozlarining biron rak’atini uzrsiz qoldirishi juda katta gunohdir. Farz namozlarini vaqtida ado qilish kerak. Shariatda uzrlilarga yengillik bor.

 

عَنْ عِمْرَانَ بْنِ حُصَيْنٍ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ قَالَ: كَانَتْ بِي بَوَاسِيرُ فَسَأَلْتُ النَّبِيَّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ عَنْ الصَّلاةِ فَقَالَ: صَلِّ قَائِمًا فَإِنْ لَمْ تَسْتَطِعْ فَقَاعِدًا فَإِنْ لَمْ تَسْتَطِعْ فَعَلَى جَنْبٍ. رَوَاهُ الْبُخَارِيُّ وَأَبُو دَاوُدَ وَالتِّرْمِذِيُّ.

Imron ibn Husoyn roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Menda bavosir kasalligi bor edi. Bas, Nabiy sollallohu alayhi va sallamdan namoz haqida so‘raganimda, u zot: “Tik turib namoz o‘qi. Agar qodir bo‘lmasang, o‘tirib, (bunga ham) qodir bo‘lmasang, bas, yonboshlab (o‘qi)”, dedilar” (Buxoriy, Abu Dovud va Termiziy rivoyati).

Homilador ayol farz namozlarini imkon qadar tik turib o‘qiydi. Agar tik turib o‘qishga qodir bo‘lmasa, u holda o‘tirib o‘qiydi. Homiladorlik namozni tark etishga sabab bo‘lolmaydi.

Agar homilador ayol tik turib namoz o‘qishga qodir bo‘lsa, o‘tirib ibodat qilishi joiz emas. Agar musulmon, adolatli va dinu diyonatli tabiba turib namoz o‘qish homiladorning o‘ziga yoki homilasiga zarar yetkazishi mumkinligini aytsa, u holda o‘tirib namoz o‘qiydi. Namozni butkul tark etishga chaqiradigan odamlar gapiga quloq solinmaydi.

Agar u ruku’ va sajda qilishga qodir bo‘lmasa, imo-ishora bilan namoz o‘qiydi. Sajdani rukudan pastroq qiladi. Vallohu a’lam!

Kun oyati

(Ey Muhammad,) oz jonlariga zulm qilgan bandalarimga ayting: Allohning rahmatidan noumid bolmangiz! Albatta, Alloh barcha gunohlarni magfirat qilur.…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 216398
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар
Homilador ayol namozni qanday o‘qiydi? 23.09.2017

Assalomu alaykum. Men ikkinchi farzandimga homiladorman. Besh vaqt namozni oz vaqtida oqishga harakat qilyapman. Endi toxtatib turgin. Namozda otirib-turganingda homilaga zarar bolishi mumkin, deyishyapti. Aytingchi, homiladorlarga namoz oqish hukmi qanday? Men namozni tark qilishni ham, homilamga zarar yetishini ham istamayman! Javobingizni kutaman!

36611