Marhum chiqqan uyda havl namozi o‘qiladimi? 14.07.2017
Savol:Shom namozidan keyin o‘qiladigan “Xavl” namozi qanday namoz. Bu namozga qanday niyat qilinadi va qay tartibda o‘qiladi.
Marhum chiqqan xonadonda ko‘p joylarda shom namozidan keyin ikki rakat namoz o‘qishadi. Bu namozning savobi marhumga tegar emish. Agar shu to‘g‘ri bo‘lsa, bu namoz qanday nomlanadi. Bu namozga qanday niyat qilinadi va qay tartibda o‘qiladi. Marhum chiqqan kuni o‘qiladimi, uch kun davomidami yoki doimiymi.
Bo`lim Ibodat masalalari14139
Bismillah, valhamdulillah. Ba’zi joylarda mayyit chiqqan xonadonda havl degan namoz o‘qishar ekan. Buning shariatda hech qanday asosi yo‘q. Hadisi shariflarda aytilishicha, mayyit haqida istig‘for aytiladi, qabrdagi savol-javoblarni yengil qilishi Allohdan so‘raladi, haqiga duolar qilinadi.
Agar mayyit egalari avval namoz o‘qimay yurgan bo‘lsalar besh vaqt namozni boshlasalar, ibodatdan keyin o‘tganlar haqiga duolar qilsalar, nur ustiga nur bo‘ladi (Manba: “Kifoya”, “Istig‘forning 40 xosiyati”).