Ассалому алейкум
Mavzu:

Tatuirovkadan tavba qilsa...23.09.2017

Savol:

Assalomu alaykum. Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallam badaniga igna bilan rasm chizdirgan odamni la’natlaganlari ma’lum. Agar bir kofir odam badaniga rasm chizdirsa, ya’ni tatuirovka qildirsa, keyinchalik to‘g‘ri yo‘lni tanlab musulmon bo‘lib, besh vaqt namoz o‘qiydigan bo‘lganidan keyin qanday yo‘l tutadi? O‘sha odam avvalda qilgan gunohi uchun ham azoblanadimi?

Bo`lim Ibodat masalalari
5301
Javob:

Va alaykum assalom. Haqiqatan, tanasiga igna va boshqa vositalar bilan rasm chizdiruvchi kimsalar la’natlangan. Agar banda bu ishdan tavba qilib, boshqa unga qaytmasa, gunohi kechiriladi. Garchi tanasidagi vashm izlari qolgan bo‘lsa ham. Sababi banda tavba qilishga buyurilgan va bu ishni qilishga uning imkoni bor. Ammo avval qilgan gunohining asoratini ketkazish uning qo‘lida emas. Shu sabab gunohdan tavba qilgan bandaning avf qilinishidan umid qilinadi.

Ulamolar tanaga igna bilan chizilgan rasmning bo‘yoqlari va boshqa narsalar yuvilishi lozimligini aytishgan. Agar yuvilsa, tana pok bo‘ladi. Uning izi qolishi zarari yo‘q. Chizilgan rasmni butunlay yo‘q qilish imkonsizdir. Chunki bu narsa insonga qattiq azob beradi. Shu sabab igna bilan rasm chizdirgan banda tavba qilsa, tanasini uning bo‘yoqlaridan poklab, namoz o‘qishi va imomlikka o‘tishi mumkin.

Shofe’iy mazhabi ulamolariga ko‘ra, agar zarar qilmasa, vashm izini ketkazish vojibdir. Agar zarar keltirish xavfi bo‘lsa, uning izini ketkazish vojib bo‘lmaydi. Banda tavba qilganidan keyin unga gunoh yo‘q. Bu hukm balog‘atga yetanidan keyin o‘z xohishi bilan inga ila rasm chizdirgan odamga tegishli. Aks holda uning asarini ketkazish mutloq lozim bo‘lmaydi. Bunday odamning namozi ham, imomligi ham to‘g‘ri bo‘ladi. Vallohu a’lam!

Kun oyati

(Ey Muhammad,) oz jonlariga zulm qilgan bandalarimga ayting: Allohning rahmatidan noumid bolmangiz! Albatta, Alloh barcha gunohlarni magfirat qilur.…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 69530
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар
Tatuirovkadan tavba qilsa...23.09.2017

Assalomu alaykum. Paygambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallam badaniga igna bilan rasm chizdirgan odamni lanatlaganlari malum. Agar bir kofir odam badaniga rasm chizdirsa, yani tatuirovka qildirsa, keyinchalik togri yolni tanlab musulmon bolib, besh vaqt namoz oqiydigan bolganidan keyin qanday yol tutadi? Osha odam avvalda qilgan gunohi uchun ham azoblanadimi?

5301