Ассалому алейкум
Mavzu:

Kofirun va Ixlos suralari fazilati haqidagi hadis sanadi. 14.07.2017

Savol:

Assalomu alaykum. Savol: Nurul izohning "Nafl namozlari" bobida shunday hadis rivoyat qilinibdi: "Kim shom namozining farzidan so‘ng, hech gapirmasdan birinchi rakatida Kofirun, ikkinchi rakatida Ixlos suralarini zam qilib, ikki rakat namoz o‘qisa, ilon qobig‘idan chiqqandek, gunohlaridan poklanadi".

Shunaqa mazmundagi hadisda shom namozidan keyin gapirmasdan olti rakat namoz o‘qisa, deb, avvobin namozi fazilatlari zikr qilingan hadisni bilardim. Ustoz yuqoridagi hadis sahih hadismi? Bu hadisni kim qaysi kitobda rivoyat qilgan?

Bo`lim Ibodat masalalari
7098
Javob:

 Va alaykumus salom. Haqiqatan, shu ma’noda hadis bor.

 

عَنْ أَنَسٍ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: مَنْ صَلَّى بَعْدَ الْمَغْرِبِ رَكْعَتَيْنِ قَبْلَ أَن يَنْطِقَ مَعَ أَحَدٍ يَقْرَأُ فِي الأُولَى بِالْحَمْدِ وَقُلْ يَا أَيهَا الْكَافِرُونَ وَفِي الرَّكْعَة الثَّانِيَة بِالْحَمْدِ وَقُلْ هُوَ اللهُ أَحَدٌ خَرَجَ مِنْ ذُنُوبِهِ كَمَا تَخْرُجُ الْحَيَّةُ مِنْ سِلْخِهَا. رَوَاهُ ابْنُ النَّجَّارُ.

Anas ibn Molik roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan rivoyat qiladi: “Qaysi bir banda shom(ning farzi)dan keyin hech kim bilan gaplashmasidan oldin ikki rakat namoz o‘qisa, birinchi rakatda al-Hamdu bilan Kofirun surasini, ikkinchi rakada Al-hamdu bilan Ixlos surasini qiroat qilsa, xuddi ilon terisidan forig‘ bo‘lganidek gunohlaridan poklanadi” (Ibn Najjor rivoyat qilgan).

Bu rivoyatni Jaloliddan Suyutiy “Ad-durrul mansur”da, Muttaqiy Hindiy “Kanzul ummol”dan naql qilgan.

Jaloliddin Suyutiyning “Jomeul ahodis” kitobida aytilishicha, mazkur hadis sanadi vohin, ya’ni juda kuchsizdir.

Ibn Javziy “Ilalul mutanohiya” kitobida bu hadis sahih emasligini aytib o‘tgan.

Xatib Bag‘dodiy ham shu ma’nodagi hadisni rivoyat qilgan. Uning ham sanadi zaif. Vallohu a’lam!

Kun hikmati

Keliniga zulm qilayotgan qaynonalar "Hargiz Alloh zolimlar qilayotgan amallardan gofil, deb hisoblama!" (Ibrohim surasi: 42) oyatini yodiga keltirsin…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 69529
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар
Kofirun va Ixlos suralari fazilati haqidagi hadis sanadi. 14.07.2017

Assalomu alaykum. Savol: Nurul izohning "Nafl namozlari" bobida shunday hadis rivoyat qilinibdi: "Kim shom namozining farzidan song, hech gapirmasdan birinchi rakatida Kofirun, ikkinchi rakatida Ixlos suralarini zam qilib, ikki rakat namoz oqisa, ilon qobigidan chiqqandek, gunohlaridan poklanadi". Shunaqa mazmundagi hadisda shom namozidan keyin gapirmasdan olti rakat namoz oqisa, deb, avvobin namozi fazilatlari zikr qilingan hadisni bilardim. Ustoz yuqoridagi hadis sahih hadismi? Bu hadisni kim qaysi kitobda rivoyat qilgan?

7098