Ассалому алейкум
Mavzu:

“Namozni qaytadan o‘qishim kerakmi?” 14.07.2017

Savol:

“Assalomu alaykum. Junublikdan g‘usl qilgach, oradan 30 daqiqalar chamasi vaqt o‘tgandan so‘ng ichki kiyimlarimda maniy borligini ko‘rib, suv bilan yaxshilab istinjo qilib, tahorat olib, shom namozini o‘qidim. Mazkur tahoratim bilan xufton namozini ham o‘qidim. Xuftondan so‘ng, tahoratxonaga borganimda ichki kiyimlarimda qotib qolgan maniy qoldig‘iga ko‘zim tushdi. Xufton namozini qayta o‘qimadim. Ustoz, aytingchi, men to‘g‘ri ish qildimmi? Shunday holatlarda nima qilish kerak?”.

Bo`lim Ibodat masalalari
7199
Javob:

“Va alaykum assalom. Savolingizning avvalida shom namozidan oldin ichki kiyimlaringizda maniy borligini ko‘rganingizni aytgansiz. Bu holatda avval o‘sha ichki kiyimni yechib tashlab, so‘ng istinjo qilish maqsadga muvofiq bo‘lardi. Ikkinchidan, junublikdan g‘usl qilgach, a’zodan maniy yoki maziy sizib chiqsa, qaytadan g‘usl qilish shart emas. Balki, bunday holatda, namoz o‘qishdan oldin istinjo qilib, libosni poklab, tahorat qilib olish kifoya qiladi. Uchinchidan, namoz o‘qish uchun tahorat qilish shart. Tahoratsiz o‘qilgan namoz qabul bo‘lmaydi. To‘rtinchidan, namozda zakardan namlik yoki orqadan yel chiqqandek tuyulsa va tahorati ketgan yoki ketmaganligi haqida vasvasaga tushsa, namoz davom ettiriladi, buzilmaydi. Biroq, a’zodan bavl yoki maziy yoki orqadan yel chiqqanini aniq bilsa, namozni o‘sha joyda to‘xtatgan holda hech narsaga e’tibor qaratmasdan, boshqa yumushlarga sho‘ng‘imasdan to‘g‘ri tahorat qilib kelib, namozni kelgan joyidan davom ettirish mumkin. Agar shom yoki xuytonni betahorat o‘qiganingizga ishonchingiz komil bo‘lsa, namozni qaytadan o‘qiysiz. Vallohu a’lam”.

Kun oyati

(Ey Muhammad,) oz jonlariga zulm qilgan bandalarimga ayting: Allohning rahmatidan noumid bolmangiz! Albatta, Alloh barcha gunohlarni magfirat qilur.…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 69530
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар
“Namozni qaytadan o‘qishim kerakmi?” 14.07.2017

Assalomu alaykum. Junublikdan gusl qilgach, oradan 30 daqiqalar chamasi vaqt otgandan song ichki kiyimlarimda maniy borligini korib, suv bilan yaxshilab istinjo qilib, tahorat olib, shom namozini oqidim. Mazkur tahoratim bilan xufton namozini ham oqidim. Xuftondan song, tahoratxonaga borganimda ichki kiyimlarimda qotib qolgan maniy qoldigiga kozim tushdi. Xufton namozini qayta oqimadim. Ustoz, aytingchi, men togri ish qildimmi? Shunday holatlarda nima qilish kerak?.

7199