Ассалому алейкум
Mavzu:

Namoz vaqti chiqishi xavfi tayammumga sabab bo‘ladimi? 30.08.2016

Savol:

Assalomu alaykum. Junub kishi bomdod namozi vaqtining oxirida uyg‘onsa-yu, suv isitib g‘usl qilishga vaqt qolmagan bo‘lsa, tayammum bilan namoz o‘qishi mumkinmi?

Bo`lim Ibodat masalalari
4848
Javob:

Va alaykum assalom. Quyidagi omillar tayammumga sabab bo‘ladi:

 

1. Suvning yo‘qligi.
2. Suv ishlatishga qodir bo‘lmaslik.
3. Qattiq sovuq.
4. Iyd va janoza namozlarini o‘tkazib yuborish xavfi.
5. Dushman yoki vahshiy hayvon sabab suvning oldiga borolmaslik.
6. Quduqdan suv olish uchun paqir yoki arqon yo‘qligi.
7. O‘ta zarur ehtiyoji bo‘lib, tahoratga suv yetmasligi.

 

     Hanafiy mazhabining jumhur ulamolari nazdida, namoz vaqti chiqib ketish xavfi tayammumga sabab bo‘lolmaydi. Chunki bunda tayammum qilishga yetarli sabab topilmayapti. Kishi namozni qazo qilmaslikka avvalroq harakat qilishi lozim edi. Hafsalasizlik, loqaydlik kabi bandaning o‘ziga bog‘liq bo‘lgan omillar tayammumga sabab bo‘lmaydi. Undan tashqari, suv bo‘la turib vaqtida g‘usl qilmagan kishi to g‘usl qilgunicha namozi qazo bo‘lsa ham u insonda mazkur namozning qazosini o‘qish imkoniyati mavjud bo‘ladi. Shu bois, mazkur namoz shunchaki yo‘q bo‘lib ketmaydi, balki, fiqhiy ta’bir bilan aytganda o‘ziga o‘rinbosar qoldirgan holda ketadi. “O‘rinbosar” esa qozosini o‘qishdir. Iyd va janoza namozlarining esa “o‘rinbosari” yo‘q. Ya’ni, ular vaqtida jamoat bilan ado qilinmasa, keyin kech bo‘ladi. Qazosi o‘qilmaydi. Shu bois, ushbu namozlarni o‘tkazib yuborish xavfi bo‘lganda tayammum qilib o‘qib olishga ruxsat berilgan. Vallohu a’lam!

Kun hadisi

Oziga aloqasi bolmagan narsalar bilan shugullanmaslik kishining Islomi gozalligidan darakdir (Imom Termiziy rivoyati, hasan hadis). Izoh: Ushbu hadis…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217260
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар
Namoz vaqti chiqishi xavfi tayammumga sabab bo‘ladimi? 30.08.2016

Assalomu alaykum. Junub kishi bomdod namozi vaqtining oxirida uygonsa-yu, suv isitib gusl qilishga vaqt qolmagan bolsa, tayammum bilan namoz oqishi mumkinmi?

4848