Ассалому алейкум
Mavzu:

Mijozni quvvatlantiruvchi dori ichib jinsiy aloqa qilish mumkinmi? 18.07.2016

Savol:

Assalomu alaykum, hurmatli qori aka. Ming bir istihola bilan sizdan ushbu savolimga javob berishingizni so‘rardim! Ayoli bilan ayrim sabablarga ko‘ra dori iste’mol kilgan holda jinsiy aloqa qilsa, bo‘lajak farzandga ziyon bo‘lmaydimi? Javobingiz uchun avvaldan rahmat!

Bo`lim Oilaviy
26945
Javob:

Va alaykum assalom. Agar erkak kishi jinsiy aloqaga qodir bo‘lmasa yoki mijozi sust bo‘lsa, erkaklik quvvatini kuchaytiruvchi tabiiy va halol dori vositalarini iste’mol qilishi joiz. Lekin yaqin orada chiqqan zamonaviy dorilarni qo‘llashda ehtiyot bo‘lish lozim. Sababi bunday dorilar kishi sog‘lig‘iga zararli bo‘lishi mumkin. Kishi sog‘lig‘iga ziyon yetkazadigan narsa tug‘ilajak farzandga ham ta’sir ko‘rsatishi ehtimoldan xoli emas.
    Bu borada, birinchidan, soha mutaxassisi bilan maslahatlashganingiz ma’qul. Chunki har kimning holati turlicha bo‘ladi. O‘z sohasining mutaxassisi, mohir shifokor yoki tabib bemorning ahvoliga qarab foydali maslahat beradi. Ikkinchidan, zamonaviy dori vositalarni qo‘llash borasida O‘zbekiston musulmonlari idorasi fatvo hay’ati kengashiga murojaat qilish lozim.

Kun hadisi

Oziga aloqasi bolmagan narsalar bilan shugullanmaslik kishining Islomi gozalligidan darakdir (Imom Termiziy rivoyati, hasan hadis). Izoh: Ushbu hadis…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217773
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар
Mijozni quvvatlantiruvchi dori ichib jinsiy aloqa qilish mumkinmi? 18.07.2016

Assalomu alaykum, hurmatli qori aka. Ming bir istihola bilan sizdan ushbu savolimga javob berishingizni sorardim! Ayoli bilan ayrim sabablarga kora dori istemol kilgan holda jinsiy aloqa qilsa, bolajak farzandga ziyon bolmaydimi? Javobingiz uchun avvaldan rahmat!

26945