Safardan keyin nikohni yangilash kerakmi?
Savol:Assalomu alaykum, hurmatli domla. Sizga bir savolimiz bor edi: bir do‘stim ishlash maqsadida boshqa yurtga ketgan edi. Oilasini, ya’ni ikki nafar farzandini, ayolini tashlab ketgandi. Endi bir yildan oshiq vaqt o‘tib uyiga qaytib kelgach, yana yangidan nikoh o‘qitishim kerak ekan deb o‘ylab yuribdi. Shu joizmi? Iltimos, batafsil javob bersangiz!
Bo`lim Oilaviy13902
Va alaykum assalom. Er-xotin o‘rtasidagi nikoh shartnomasi juda mo‘’tabar bo‘lib, arzimas sabablar bilan buzilavermaydi. Chunonchi, er safarda 6 oy yoki yillab qolib ketishi oradagi nikohga zig‘ircha ham ta’sir ko‘rsatmaydi. Nikoh faqat erning taloq qilishi yoki ba’zi hollarda qozining hukmi bilangina bekor qilinishi mumkin.
Avvalo, oilasini tashlab, o‘zga yurtlarda oylab, yillab qolib ketish mo‘min kishi uchun to‘g‘ri emas. Shunday bo‘lgan taqdirda, er-xotin o‘rtasidagi nikoh davom etaveradi, uni yangilash shart emas. Vallohu a’lam!