Ассалому алейкум
Mavzu:

Homilani sun’iy urug‘lantirish joizmi? 02.01.2016

Savol:

    Assalomu alaykum, Hurmatli Odilhon qori aka meni sizga bir savolim bor edi: Mening bir yaqin do‘stim 8-yildan buyon farzandsizlikdan qiynalganligi uchun Turkiyaga borib, suniy yo‘l bilan "EKO" uslubidan foydalandi, lekin baribir tibbiyot ham Ollohni qudratini oldida ojizligi hammamizga ma’lum, natija bo‘lmadi. Endi yana ikkinchi marotaba bormoqchi, to‘g‘ri, iqtisodiy tomondan do‘stimga bu harajatlar sezilarli darajada emas, lekin shu suniy yo‘l bilan farzandli bo‘lishga islom dinimizda qanaqa qaraladi, keyin oxiratda qanaqa savol - javobi bor? Iltimos, shunga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatib, tushuntirish berishingizni so‘rayman.

Bo`lim Oilaviy
18828
Javob:

   Alloh taolo farzand tug‘ilishi uchun erkak va ayolning qo‘shilishini umumiy qoida qildi, ammo O‘zi farzand berishini eslatib turish uchun ba’zi kishilarni farzandsiz qilib qo‘ydi. Erkak va ayolning qo‘shilishi bola bo‘lishi uchun kifoya qilsa, hamma er-xotin bolali bo‘lishi kerak edi. Ammo ba’zilar farzand ko‘rmaydi, demak, qo‘shilishning o‘zi bola bo‘lishi uchun sabab emas ekan.
   Alloh taolo har bir bandasiga bergan nasl qoldirish hissi, farzandli bo‘lish istagi va ehtiyoji ayniqsa, farzandsizlarda kuchli bo‘ladi. Alloh taologa yolvoradi, nazr-niyozlar ataydi, xayr-sadaqa qiladi, tabiblarga yuguradi.
   Insoniyat farzandsizlikka chora axtarib, o‘z zamonidagi tib ilmi taraqqiyoti darajasida turlicha usullarni qo‘llab kelgan. Nihoyat, bizning asrimizga kelib, sun’iy yo‘l bilan homila paydo qilish, ya’ni bachadonga urug‘likni tabiiy yo‘l bilan emas, sun’iy yo‘l bilan tushirish usuli topildi.
   Keyinroq tib ilmi yanada o‘sdi. Er, xotin urug‘liklari avval tashqarida urchitib olinib, bir yo‘la tayyor homilani bachadonga qo‘yish joriy qilindi. Bu uslub ilmda goh “naycha usuli”, goh “naycha bolasi” deyilyapti. (Goho “sun’iy urug‘lantirish” deb ham yuritilmoqda). Yuqoridagi har ikki atamada ham urug‘likni oldin naychada urchitib olishga ishora bor.
    Ma’lumki, bu usullar ilk bora G‘arbda, Yevropa davlatlarida yo‘lga qo‘yildi. Binobarin, biz musulmonlarda savol paydo bo‘ladi: bu hodisaga muqaddas dinimiz ta’limotida qanday qaraladi? Musulmonlar ham bu usuldan foydalansa bo‘ladimi?
    Albatta, bunday savollarga mo‘’tabar ulamolarimiz Qur’oni karim va Payg‘ambarimizning (sollallohu alayhi va sallam) sunnati mutahharalariga suyanib javob axtarishadi. Sun’iy yo‘l bilan homila paydo qilish masalasida ulamolarimizning fatvolari bir xil chiqdi: bu uslublardan musulmonlar foydalansalar bo‘ladi.
    Ammo bachadonga sun’iy yo‘l bilan urug‘lik kiritiladimi yoki naychada urchitib, so‘ngra bachadonga qo‘yiladimi, asosiy shart – urug‘lik ayolning eridan, shar’iy jufti halolidan olingan bo‘lishi lozim. Begona erkakdan olinsa, zino hisoblanadi. Zino esa shar’an haromdir. Zinoning harom qilinishi-yu nikohning yo‘lga qo‘yilishidan asosiy maqsadlardan biri inson naslining pokligini saqlashdir. Shu boisdan begona erkakning urug‘ini muslima ayol bachadoniga kiritish Islom shariati qoidalariga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydi. Bu hukmni asrimiz musulmon ulamolarning hammasi ittifoq qilib aytishgan. Shuningdek, “Azhari sharif”, “Islom fiqhi akademiyasi” kabi mo‘’tabar muassasalar masalani atroflicha o‘rganib chiqib, yirik anjumanlar o‘tkazib, so‘ngra fatvolar chiqarishgan. Vallohu a’lam

Kun oyati

(Ey Muhammad,) oz jonlariga zulm qilgan bandalarimga ayting: Allohning rahmatidan noumid bolmangiz! Albatta, Alloh barcha gunohlarni magfirat qilur.…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217081
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар
Homilani sun’iy urug‘lantirish joizmi? 02.01.2016

Assalomu alaykum, Hurmatli Odilhon qori aka meni sizga bir savolim bor edi: Mening bir yaqin dostim 8-yildan buyon farzandsizlikdan qiynalganligi uchun Turkiyaga borib, suniy yol bilan "EKO" uslubidan foydalandi, lekin baribir tibbiyot ham Ollohni qudratini oldida ojizligi hammamizga malum, natija bolmadi. Endi yana ikkinchi marotaba bormoqchi, togri, iqtisodiy tomondan dostimga bu harajatlar sezilarli darajada emas, lekin shu suniy yol bilan farzandli bolishga islom dinimizda qanaqa qaraladi, keyin oxiratda qanaqa savol - javobi bor? Iltimos, shunga togri yolni korsatib, tushuntirish berishingizni sorayman.

18828