Ассалому алейкум
Mavzu:

Falon ishni qilsam xotinim taloq bo‘lsin, degan kishi haqida 03.08.2016

Savol:

Bir odam qilib yurgan gunoh ishidan qutula olmay, oxiri: “Ey Xudo, endi shu gunohni qilsam, xotinim falonchi uch taloq bo‘lsin, omin, Allohu akbar!”, deb ovozini chiqarib aytsa, maqsadi esa gunohdan qutulish bo‘lsa, lekin atrofda hechkim yo‘qligi sababli unig bu gapini hechkim, xotini ham eshitmagan bo‘lsa, keyin bandalik bilan baribir shu gunohni sodir etsa, xotiniga nechta taloq tushadi? Javob uchun oldindan rahmat!

Bo`lim Oilaviy
10005
Javob:

Bismillahir rohmanir rohiym! Avvalo, “Biron gunohni sodir etsam, xotinim uch taloq bo‘lsin!” deyish to‘g‘ri emas. Chunki banda xatodan xoli emas, zaif, ojizdir. Qolaversa, uning gunoh sodir etishida xotinining nima aloqasi bor? Bu ish o‘z oyog‘iga bolta urish bilan barobar ish. Aqlli ish emas, harholda. Bordi-yu, kimdir aqlsizlik qilib shunday gap aytgan bo‘lsa, o‘sha gunohni qilishi bilan xotiniga (necha taloq degan bo‘lsa, o‘shancha) taloq tushadi. Shuning uchun taloq borasida o‘ylab ish qilish, tilga e’tiborliroq bo‘lish kerak, vallohu a’lam.

Kun hadisi

Oziga aloqasi bolmagan narsalar bilan shugullanmaslik kishining Islomi gozalligidan darakdir (Imom Termiziy rivoyati, hasan hadis). Izoh: Ushbu hadis…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 216304
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар
Falon ishni qilsam xotinim taloq bo‘lsin, degan kishi haqida 03.08.2016

Bir odam qilib yurgan gunoh ishidan qutula olmay, oxiri: Ey Xudo, endi shu gunohni qilsam, xotinim falonchi uch taloq bolsin, omin, Allohu akbar!, deb ovozini chiqarib aytsa, maqsadi esa gunohdan qutulish bolsa, lekin atrofda hechkim yoqligi sababli unig bu gapini hechkim, xotini ham eshitmagan bolsa, keyin bandalik bilan baribir shu gunohni sodir etsa, xotiniga nechta taloq tushadi? Javob uchun oldindan rahmat!

10005