Ассалому алейкум
Mavzu:

Erkak jannatda nechta xotini bilan birga bo‘ladi? 30.07.2016

Savol:

Assalomu alaykum Hazrat Odilxon qori! Avvalgi bergan savolimga to‘liq javob oldim. Alloh rozi bo‘lsin, ilmingizni bundan-da ziyoda qilsin! Yana savol yo‘llamoqchi edim: Internet sahifalarining birida “jannatda erkak kishi o‘tkinchi dunyodagi ikki nafar xotini bilan birga bo‘ladi”, deyilgan. Shu rostmi? Agar erkakning to‘rt nafar xotini bo‘lsa, qolganlarining huquqi buzilmaydimi? Savolim noto‘g‘ri berilgan bo‘lsa, uzr! Javobingiz uchun oldindan rahmat.

Bo`lim Aqida
11697
Javob:

Va alaykum assalom. O‘sha internet sayti bu ma’lumotni qayerdan olgan ekan? Uning dalili asoslimi? Oxiratda jannatga doxil bo‘lgan bandaga pokiza juftlar berilishi Qur’oni karimda zikr qilingan. Ammo ularning adadi qancha bo‘lishi Allohgagina ayon. To‘g‘ri, Qur’oni karimda, hadisi shariflarda bayon qilingan g‘ayb narsalarga shubhasiz imon keltiramiz. Ammo jannat ne’matlari, u yerdagi hayot haqida turli gaplar aytish durust emas. Jannatni qo‘lga kiritsak, u yerda juda ko‘p ne’matlarga erishamiz. Jannatdagi hayot haqida tortishish, jannatni so‘rashda g‘uluvga ketish yaxshi emas. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam poklik va duoda g‘uluvga ketishdan qaytarganlar. 

 

عَنْ أَبِي نَعَامَةَ أَنَّ عَبْدَ اللهِ بْنَ مُغَفَّلٍ رَضِيَ اللهُ عَنْهُ سَمِعَ ابْنَهُ يَقُولُ: اللَّهُمَّ إِنِّي أَسْأَلُكَ الْقَصْرَ الأَبْيَضَ عَنْ يَمِينِ الْجَنَّةِ إِذَا دَخَلْتُهَا فَقَالَ :أَيْ بُنَيَّ سَلْ اللهَ الْجَنَّةَ وَتَعَوَّذْ بِهِ مِنْ النَّارِ فَإِنِّي سَمِعْتُ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ: إِنَّهُ سَيَكُونُ فِي هَذِهِ الأُمَّةِ قَوْمٌ يَعْتَدُونَ فِي الطَّهُورِ وَالدُّعَاءِ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَابْنُ مَاجَهْ وَأَحْمَدُ وَعَبْدُ بْنُ حُمَيْدٍ وَالْبَيْهَقِيُّ فِي السُّنَنِ الْكُبْرَى وَسَنَدُهُ صَحِيحٌ. 

 

   Abu Naomadan rivoyat qilinishicha, Abdulloh ibn Mug‘affal o‘g‘lining: “Ey Alloh, men jannatga kirsam, Sendan jannatning o‘ng tomonidagi oq qasrni so‘rayman!” deb duo qilayotganini eshitib, “Ey o‘g‘lim, Allohdan jannatni so‘ra, U Zot jahannamdan panoh berishini tila. Zero, men Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Albatta bu ummatda poklik va duoda haddidan oshadigan bir qavm bo‘ladi”, deb aytganlarini eshitganman”, dedi (Abu Dovud, Ibn Moja, Ahmad, Abd ibn Humayd, Bayhaqiy rivoyat qilgan. Rivoyat sanadi sahih). 
     Poklikda haddan oshish a’zolarni uch martadan ko‘p yuvish, tahorat, g‘usl va nopok narsalarni poklashda suvni isrof qilishdir. Duoda haddan oshish esa mumkin bo‘lmagan narsalarni so‘rash, ovozni baland ko‘tarish, qichqirish, payg‘ambarlar maqomini so‘rash va hokazo. Imom G‘azzoliy “Ihyo”da duoda haddidan oshish duoni qofiyaga solib, xuddi she’rga o‘xshatish ekanini aytgan. 
    Unutmaylik, ayollar huquqini yuqori ko‘targan Islomdan boshqa din va tuzum bo‘lgan emas. Ayollar huquqi mana shu o‘tkinchi dunyoda buzilmagan ekan, oxiratda ham shunday bo‘lishi aniq. Siz u yog‘idan xavotir olmang. Agar Allohga taqvo qilsangiz, shariatda buyurilgan ishlarni qilib, qaytarilganlardan qaytsangiz, minglab, hatto millionlab betavfiq erkakdan afzal sanalasiz. Masalaning bu tomonini ham yoddan chiqarmaslik kerak. Keyin, jannatdagi hayot haqida ortiqcha bahslashish, har xil mulohazalar qilishdan ko‘ra jannatga kirish harakatida bo‘lsak, to‘g‘ri qilgan bo‘lamiz. 

Kun oyati

(Ey Muhammad,) oz jonlariga zulm qilgan bandalarimga ayting: Allohning rahmatidan noumid bolmangiz! Albatta, Alloh barcha gunohlarni magfirat qilur.…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217601
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар
Erkak jannatda nechta xotini bilan birga bo‘ladi? 30.07.2016

Assalomu alaykum Hazrat Odilxon qori! Avvalgi bergan savolimga toliq javob oldim. Alloh rozi bolsin, ilmingizni bundan-da ziyoda qilsin! Yana savol yollamoqchi edim: Internet sahifalarining birida jannatda erkak kishi otkinchi dunyodagi ikki nafar xotini bilan birga boladi, deyilgan. Shu rostmi? Agar erkakning tort nafar xotini bolsa, qolganlarining huquqi buzilmaydimi? Savolim notogri berilgan bolsa, uzr! Javobingiz uchun oldindan rahmat.

11697