Ассалому алейкум
Mavzu:

Shaytonga mag‘firat so‘rasa bo‘ladimi? 11.04.2017

Savol:


    Nega biz yaratgan egamdan hamma narsa so‘raymizu hol-ahvol so‘ramaymiz yoki Shaytoni layinni kechirib, to‘g‘ri yo‘lga solishini so‘ramaymiz.


Bo`lim Aqida
10757
Javob:

  Bismillah, valhamdulillah. Chunki, Qodir Alloh hol-ahvol so‘rashimizga muhtoj emas. Alloh – Buyuk Zot. Hech narsadan ojiz qolmaydi. U Azaliy va Abadiydir. 

   Shayton masalasiga kelsak, bu bizning ishimiz emas. Shayton Allohning amriga bo‘ysunmadi, Odam alayhissalomga sajda qilmadi. Shuning uchun Yaratganning qahriga uchradi. Biz – Odam bolalari esa, dunyo imtihonidan yaxshi o‘tib olib, Alloh roziligini topsak, marra bizniki. Shayton foydasiga duo qilish bizning zimmamizga yuklatilmagan. Aksincha, uning vasvasasidan panoh tilashga buyurilganmiz. 

Bundan tashqari Shayton Allohga osiylik qilib bo‘ysinmadi va kofir bo‘ldi. Dinimizda esa kofirning haqqiga istig‘for so‘rash joiz emas.

Kun hadisi

Oziga aloqasi bolmagan narsalar bilan shugullanmaslik kishining Islomi gozalligidan darakdir (Imom Termiziy rivoyati, hasan hadis). Izoh: Ushbu hadis…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 216831
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар
Shaytonga mag‘firat so‘rasa bo‘ladimi? 11.04.2017

Nega biz yaratgan egamdan hamma narsa soraymizu hol-ahvol soramaymiz yoki Shaytoni layinni kechirib, togri yolga solishini soramaymiz.

10757