Ассалому алейкум
Mavzu:

Qosh terganlar sirot ko‘prigidan o‘tolmaydimi? 19.10.2016

Savol:

Savollarimga sabr bilan javob berayotganingiz uchun rahmat. Alloh umringizni ziyoda qilsin. Sirot ko‘prigi haqida bir gap eshitgandim: sirot ko‘prigi qoshga o‘xshagan bo‘ladi. Kim bu dunyoda qoshini tergan bo‘lsa, sirot ko‘prigi shu qadar yupqa bo‘ladi, deyilgandi. Mana shu gap to‘g‘rimi?

Bo`lim Aqida
11793
Javob:

Bismillahir rohamanir rohiym. Sirot ko‘prigi qildan ham ingichka bo‘lishi haqida rivoyatlar bor. Sirot ko‘prigi haqiqiy mo‘minlar uchun keng yo‘ldek bo‘ladi, ular haqiga farishtalar “Yo Alloh, uni salomat qil!” deb duo qiladilar. Ammo imon va solih amallardan mahrum kimsalar bu ko‘priqdan o‘tishda qiyinchilikka uchraydilar.
    Ayollarning qosh terishi harom ish ekani ma’lum. Ammo aynan qosh tergan odam sirot ko‘prigidan o‘tolmaydi, degan gapni eshitmaganman. Biroq la’natga sabab har qanday ishni qilgan odam qiyomatda sirot ko‘prigidan o‘tishda mushkul vaziyatga tushib qolishi turgan gap. Shunday ekan, imon-e’tiqodda mustahkam bo‘lib, Alloh rozi bo‘ladigan amallarni qilish, harom ishlardan saqlanish kerak.

Kun oyati

(Ey Muhammad,) oz jonlariga zulm qilgan bandalarimga ayting: Allohning rahmatidan noumid bolmangiz! Albatta, Alloh barcha gunohlarni magfirat qilur.…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 69809
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар
Qosh terganlar sirot ko‘prigidan o‘tolmaydimi? 19.10.2016

Savollarimga sabr bilan javob berayotganingiz uchun rahmat. Alloh umringizni ziyoda qilsin. Sirot koprigi haqida bir gap eshitgandim: sirot koprigi qoshga oxshagan boladi. Kim bu dunyoda qoshini tergan bolsa, sirot koprigi shu qadar yupqa boladi, deyilgandi. Mana shu gap togrimi?

11793