Ассалому алейкум
Mavzu:

Sirot ko‘prigi! 17.07.2017

Savol:

Assalomu alaykum. Sirot ko‘prigi haqida ma’lumot bersangiz. Oldindan rahmat!

Bo`lim Aqida
17084
Javob:

Va alaykum assalom. “Sirot” deganda “keng yo‘l” nazarda tutiladi. “Sirotul mustaqiym” ma’naviy ma’noda “to‘g‘ri yo‘l”, ya’ni “hidoyat yo‘li” mazmuniga ega.

Oxiratdagi sirot jahannam o‘rtasidagi ko‘prik bo‘lib, jannatgacha borgandir. Ya’ni, jannat va do‘zax o‘rtasida ko‘prik bo‘ladi. Bunga shubhasiz imon keltiramiz. Bu haqida sahih xabarlar kelgan. Buxoriy va Muslim keltirgan rivoyatlarda sirot ko‘prigi sifatlari bayon qilingan.

Odamlar amallariga qarab ushbu ko‘prikni bosib o‘tadilar. Bu ko‘prikdan hamma o‘tadi, biron kishi o‘tmay qolmaydi. Kimdir u yerdan yorug‘lik tezligida o‘tadi, yana kimdir chaqmoqdek o‘tadi, boshqalar shamoldek, chopag‘on otdek o‘tadi. Undan yugurib, yurib va sekin yurib o‘tadiganlar ham bor.

Mana shu ko‘prik ustida kofir musulmondan, munofiq haqiqiy mo‘mindan ajraladi va ular o‘rtasidagi farq yaqqol ko‘zga tashlanadi, kim xolis-u, kim ikkiyuzlamachi bo‘lgani bilinadi.

Kim sirot ko‘prigidan omon o‘tib olsa, jannatga kiradi. Biroq undan o‘tib olish oson emas. Abu Said Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinishicha, sirot ko‘prigi qildan ham ingichka, qilichdan ham o‘tkirroqdir (Imom Muslim rivoyati).

Aqida kitoblarida keltirilishicha, kim ushbu dunyoda sirotul mustaqiymda – Allohning dinida sobitqadam bo‘lsa, oxiratdagi sirotda ham sobitqadam bo‘ladi, yiqilib ketmaydi. Kim to‘g‘ri yo‘ldan yurmasa, oxiratdagi yo‘lda ham adashadi. Alloh taolo barchamizni to‘g‘ri yo‘lda bardavom qilsin!

Kun hadisi

Oziga aloqasi bolmagan narsalar bilan shugullanmaslik kishining Islomi gozalligidan darakdir (Imom Termiziy rivoyati, hasan hadis). Izoh: Ushbu hadis…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217002
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар
Sirot ko‘prigi! 17.07.2017

Assalomu alaykum. Sirot koprigi haqida malumot bersangiz. Oldindan rahmat!

17084