Ассалому алейкум
Mavzu:

Oxirzamonda Qur’on bilan imon qoladimi? 13.01.2017

Savol:

    Assalomu alaykum, qori aka! Alloh sizdan rozi bo‘lsin! Do‘stimdan bir narsani eshitib ikkilanib qoldim. Aytishicha, Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallamning vafotlaridan oldin Jabroil alayhissalom so‘nggi marta tushganida, Payg‘ambarimiz undan so‘radilar: “Yo Jabroil, mening vafotimdan keyin ham yer yuziga tushasizmi? Shunda Jabroil alayhissalom dedilar: “Ey do‘stim Muhammad, sizdan keyin yer yuzida nima ham qilardim. Lekin Allohning buyrug‘i bilan 10 ta narsani olib chiqib ketgani tushaman”, dedi. Rasululloh alayhissalom so‘radilar: “Nima ekan u 10 ta narsa?” Jabroil alayhissalom dedi: “Ular quyidagilar: baraka, insonlar orasidagi mehr-oqibat, qarindosh-urug‘lar orasidagi silai rahm, hokim, sulton va qozilardan adolat, ayollardan hayo, kambag‘allardan sabr, ulamolardan taqvo, boylardan saxovat, Qur’on va imon”.
      Hozirgi zamon ulamolarining aytishlariga qaraganda, yuqorida sanalgan narsalarning ikkitasi: Qur’on bilan imon qolgan. Shunga aniqlik kiritib bersangiz! Alloh sizning xayrli ishlaringizni munosib takdirlasin! Javob uchun oldindan rahmat!

Bo`lim Aqida
11801
Javob:

    Va alaykum assalom. Bunday rivoyatni bilmayman. Ko‘p hadisi shariflarda qiyomat alomatlari haqida xabar berilgan. Jumladan, zinoning keng tarqalishi, mast qiluvchi ichimliklar iste’molining ko‘payishi, zulmu sitamlar avj olishi, ayollar sonining ortib ketishi va hokazo. Hozirda Qur’on va imon qolgan, deb kim aytgan? Bu bilan musulmonlar orasida saxovatli boylar qolmadi, ulamolarnnig birontasida ham taqvo yo‘q, hech kim qarindoshlari bilan bordi-keldi qilmay qo‘ydi, odamlar orasidan mehr-oqibat butunlay ko‘tarildi, muslimalarning hech birida hayo-ibo qolmadi, kambag‘allar sabr-toqat neligini bilmaydi, deyilmoqchimi? Shukrki, oz bo‘lsa-da, taqvoli ulamolar, shukrini ado etadigan badavlat kishilar, qanoatli kambag‘allar, iboli muslimalar bor. Qarindoshlari bilan mehr rishtalarini bog‘lab turgan insonlar ham yetarlicha topiladi. 
     “Qur’on va imon qoldi” degan gapga qaytadigan bo‘lsak, afsuski, Qur’onni bir vosita qilib, dunyo matohlariga erishish niyatidagilar ham, tilida musulmonlikni da’vo qiladiganlar ham topiladi. 
      Har qanday masalada keskin bir qaror chiqarish noto‘g‘ri! 

Kun hadisi

Oziga aloqasi bolmagan narsalar bilan shugullanmaslik kishining Islomi gozalligidan darakdir (Imom Termiziy rivoyati, hasan hadis). Izoh: Ushbu hadis…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 216324
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар
Oxirzamonda Qur’on bilan imon qoladimi? 13.01.2017

Assalomu alaykum, qori aka! Alloh sizdan rozi bolsin! Dostimdan bir narsani eshitib ikkilanib qoldim. Aytishicha, Paygambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallamning vafotlaridan oldin Jabroil alayhissalom songgi marta tushganida, Paygambarimiz undan soradilar: Yo Jabroil, mening vafotimdan keyin ham yer yuziga tushasizmi? Shunda Jabroil alayhissalom dedilar: Ey dostim Muhammad, sizdan keyin yer yuzida nima ham qilardim. Lekin Allohning buyrugi bilan 10 ta narsani olib chiqib ketgani tushaman, dedi. Rasululloh alayhissalom soradilar: Nima ekan u 10 ta narsa? Jabroil alayhissalom dedi: Ular quyidagilar: baraka, insonlar orasidagi mehr-oqibat, qarindosh-uruglar orasidagi silai rahm, hokim, sulton va qozilardan adolat, ayollardan hayo, kambagallardan sabr, ulamolardan taqvo, boylardan saxovat, Quron va imon. Hozirgi zamon ulamolarining aytishlariga qaraganda, yuqorida sanalgan narsalarning ikkitasi: Quron bilan imon qolgan. Shunga aniqlik kiritib bersangiz! Alloh sizning xayrli ishlaringizni munosib takdirlasin! Javob uchun oldindan rahmat!

11801