Ассалому алейкум
Mavzu:

Hayit kuni vafot etgan jannatga kiradimi? 20.07.2016

Savol:

Assalomu alaykum, ustoz! Sizga quyidagi savolni yo‘llamoqchi edim: uch kun Ramazon hayitida vafot etganlar jannatga kiradimi?

Bo`lim Aqida
9178
Javob:

Va alaykum assalom! Avvalo shuni aytish kerakki, Ramazon hayiti uch kun emas, bir kun. Ikkinchidan, Ramazonda, hayit kunlarida yoki juma kunida vafot etgan bandaning jannatga kirishi va’da qilinmagan. Bundoq qaralsa, bu kunlarda qanchadan-qancha imonsiz, betavfiq, o‘zini musulmon sanasa-da, ibodatdan uzoq kimsalar vafot etadi. Aslida, jannatga kirish uchun Allohga imon keltirish, U Zotning amr-qaytariqlariga quloq tutish kerak. Chunonchi, jannatga kirish uchun fazilatli kunda vafot etish shart emas. Lekin, kishining o‘zi iymon-e’tiqodli, solih bandalardan bo‘lsa fazilatli kunlarda, fazilatli makonlarda vafot topishidan yaxshilik va fazilat umid qilinadi. Ammo, qat’iy qilib, jannatiy bo‘ldi, deyilmaydi. Vallohu a’lam!

Kun hadisi

Oziga aloqasi bolmagan narsalar bilan shugullanmaslik kishining Islomi gozalligidan darakdir (Imom Termiziy rivoyati, hasan hadis). Izoh: Ushbu hadis…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217721
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар
Hayit kuni vafot etgan jannatga kiradimi? 20.07.2016

Assalomu alaykum, ustoz! Sizga quyidagi savolni yollamoqchi edim: uch kun Ramazon hayitida vafot etganlar jannatga kiradimi?

9178