Ассалому алейкум
Mavzu:

Islomda ijtimoiy tabaqalanish bormi? 19.07.2016

Savol:

Assalomu alaykum hurmatli Ustoz Odilxon qori Yunusxon o‘g‘li. Odamlar orasida eshon, qoracha, to‘ra va yana shunga o‘xshash gaplar, oddiyroq qilib aytsa "tabaqalar" bor. Shunday holat bo‘ladiki ular oddiy odamlarga qiz bermaydi va qiz ham olmaydi. Bu qanchalik to‘g‘ri? Bu gaplarga asos bormi? Umuman bu dinda qanday ahamiyatga ega? Nega odamlar bunday narsalarga hamon e’tibor qilishadi.

Bo`lim Aqida
9011
Javob:

Bismillahir rohmanir rohiym! Shariatda nasl-nasab bilan faxrlanishdan, odam ajratishdan qaytarilgan. Aslida banda qalbidagi imoni, qilayotgan solih amallari, chiroyli odob-axloqi muhim. Zero, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam shunday deganlar: “Alloh sizlarning (tashqi) ko‘rinishingizga ham, boyliklaringizga ham qaramaydi, qalbingizga va amalingizga qaraydi” (Muslim, Ibn Moja, Ahmad va Ibn Hibbon – Abu Hurayra roziyallohu anhudan – rivoyat qilgan).
     Islomda oqsuyak, qoracha, oliy toifali, past darajali degan narsalar yo‘q. Bandalarning hammasi bir. Ularning boy-kambag‘alligi, chiroyli-xunukligi, aslzoda yoki tagi “past”ligi ahamiyatga ega emas. Ota-bobolari bilan maqtanish, nasl-nasabi bilan g‘ururga ketish johiliyatga oid illatlardan biridir.
     Abu Hurayra roziyallohu anhu Nabiy sollallohu alayhi va sallamdan rivoyat qiladi: “Qavmlar ota-bobolari bilan faxrlanishni bas qiladilar. Zero, ular jahannam ko‘miridirlar yoki Alloh nazdida burni bilan axlat titadigan go‘ng qo‘ng‘izidan ham xorroq bo‘ladilar. Albatta Alloh sizlardan johiliyat davridagi kibrni, ota-bobolar bilan faxrlanishni ketkazdi. Albatta, u taqvoli mo‘min yoki baxtsiz fojirdir. Odamlarning barchasi Odamning o‘g‘illaridir. Odam esa tuproqdan yaratilgan” (Termiziy rivoyat qilgan. Hadis sanadi hasan). Bu yerda ota-bobolari bilan, nasl-nasabining “toza”ligi, tag-tugli ekanini pesh qilib kibrlanadigan kimsalarga raddiya berilmoqda, bunday ishlar johiliyat odatlaridan ekani ta’kidlanmoqda.
     Ibn Abbos roziyallohu anhudan naql qilingan sahih sanadli hadisda: “Johiliyat davrida o‘tib ketgan ota-bobolaringiz bilan faxrlanmanglar!..” deyilgan (Ahmad, Ibn Hibbon va Tabaroniy rivoyat qilgan).
    Bizda haliyam ota-bobolar bilan maqtanish illati saqlanib qolgan. O‘tmishda yashab o‘tgan ajdodlarni tilga olib, ularning avlodi ekani bilan maqtanimiz, Buxoriy avlodimiz, deymiz, biroq bitta hadisni yodlashga, uning ma’nolarini qunt bilan o‘rganishga hafsala qilmaymiz. Zamaxshariy avlodimiz, bizning bobomiz arablarga o‘zining tilini o‘rgatgan deb og‘iz ko‘pirtiramiz-u, biroq arab harflarini bilmaymiz, alifbodan xabarimiz yo‘q. Ibn Sino bizning yurtdan chiqqan, meditsina madadi sinodan olingan, deb aytamiz-u, lekin xalq tabobatidan saboq olishga, hamma uchun muhim bo‘lgan ilk tibbiy ilmlarni egallashga ham qunt qilmaymiz.
     Ota-bobolar bilan maqtanishdan hech qanday naf yo‘q. Agar biz ulug‘ ajdodlarimiz izidan yursak, ular kabi ilmga qattiq kirishib, taraqqiyotga ozmi-ko‘pmi hissa qo‘shsak, ana shunda ajdodlarga munosib voris sanalamiz.
     Alloh taolo bashariyatning otasi – Odam alayhissalomni tuproqdan, Odamning jufti Havvoni esa uning qovurg‘asidan yaratgan. Hamma odamning zuvalasi bir joydan olingan. Har bir inson oddiy tuproqdan yaratilgan. Biri tuproqdan, ikkinchisi oltindan, boshqasi kumushdan xalq qilinmagan. Asli tuproq bo‘lgan xilqatning kibrlanishi, maqtanchoqlik qilishi durust emas. Odam tuproqdan yaratilgan, insoniyatning asli – otasi bir ekan, ular o‘zaro aka-uka, opa-singil ekanlar, manmanlikning nima keragi bor. Zero, qadr-qiymat boylik, mansab, nasl-nasab yoki chiroyda emas, imon-e’tiqodda, taqvodadir. Sovchilikda ham bu mezon asosiy o‘rinda turishi kerak. Hadisi sharifda qizning imoniga e’tibor berishga chaqirilgan. Shunda oila mustahkam bo‘ladi.
     Sahobalar davrida ham asosan imonga, ixlosga e’tibor berilgan. Din-diyonatdan uzoqlashish, ixlosning yo‘qolishi oqibatida mana shunday maqtanchoqlik, odam ajratish, nasl-nasabini pesh qilish kabi holatlar boshlangan (yetti ajdodini so‘rab-surishtirish, naslida biron kasallik bor-yo‘qligi bilan qiziqishning yo‘rig‘i boshqa). Unutmaylik: kishining nasl-nasabi, boyligi, obro‘-e’tibori yoki chiroyi baxt keltirmaydi. Saodatga eltuvchi birdan-bir vosita, bu – imon-e’tiqod, pokiza qalb va chiroyli xulq!
     Xullas, Islomda eshon eshon bilan, xo‘ja xo‘ja bilan quda bo‘lishi kerak, oliy toifalar oddiy xalq bilan quda-anda bo‘lmaydi, degan gap yo‘q. Nikohda kelin-kuyovning imon-e’tiqodda, odob-axloqqa, qolaversa, kasb-hunar va shu kabi jihatlarda bir-biriga munosib ekaniga qaraladi. Kelin-kuyov o‘zaro mos bo‘lsa, ularning qaysi tabaqaga mansubligining ahamiyati yo‘q. Vallohu a’lam!

Kun hadisi

Oziga aloqasi bolmagan narsalar bilan shugullanmaslik kishining Islomi gozalligidan darakdir (Imom Termiziy rivoyati, hasan hadis). Izoh: Ushbu hadis…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 218891
  • Sayyidul-istig‘for duosini o‘rganamiz

    Allohumma anta Robbiy la ilaha illa anta xolaqtaniy va ana abduka va ana ala ahdika va vadika mastatotu. Auzu bika min …

    17.12017 98166
  • Alloh la’natlagan pardoz

    Alloh taolo Ozi yaratgan barcha jonzotlar ichida insonni eng gozal suratda yaratganini takidlab, Quroni karimda shunday…

    19.32017 47187
  • QUR’ON tilovati

    Quron oqishdan avval poklanib oling. "Uni (Quronni) tahoratli kishilardan ozgalar ushlamaslar" (Voqea, 79). Quron oqi…

    18.82016 45655
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар
Islomda ijtimoiy tabaqalanish bormi? 19.07.2016

Assalomu alaykum hurmatli Ustoz Odilxon qori Yunusxon ogli. Odamlar orasida eshon, qoracha, tora va yana shunga oxshash gaplar, oddiyroq qilib aytsa "tabaqalar" bor. Shunday holat boladiki ular oddiy odamlarga qiz bermaydi va qiz ham olmaydi. Bu qanchalik togri? Bu gaplarga asos bormi? Umuman bu dinda qanday ahamiyatga ega? Nega odamlar bunday narsalarga hamon etibor qilishadi.

9011