QUR’ON tilovati
Qur’on o‘qishdan avval poklanib oling.
"Uni (Qur’onni) tahoratli kishilardan o‘zgalar ushlamaslar" (Voqea, 79).
Qur’on o‘qishni ta’avvuz (A’zu billahi minash shaytonir rojiym) bilan boshlang.
"Qachonki, Qur’on o‘qisangiz, albatta, quvg‘in etilgan shayton (vasvasasi)dan Alloh panoh berishini so‘rangiz!" (Nahl, 98).
Qur’onni tafakkur va tadabbur bilan o‘qing.
"Qur’on o‘qilganda uni tinglangiz va sukut saqlangiz! Shoyad (shunda) rahm qilingaysiz!" (A’rof, 204).
Qur’oni karimning har bir oyatiga imon keltiring.
"(Ey, Muhammad!) Bular Allohning oyatlari bo‘lib, ularni Sizga haqqoniylik bilan tilovat qilib bermoqdamiz. Bas, ular (Makka kofirlari) Alloh va Uning oyatlarini qo‘yib, qaysi so‘zga imon keltirmoqdalar o‘zi?!" (Josiya, 6).
Qur’onni tajvid qoidalariga amal qilib tilovat qiling.
"...Qur’onni «tartil» bilan (dona-dona qilib) tilovat qiling!" (Muzzammil, 4).
Qur’onni shoshmasdan, dona-donalab, aniq va ravon o‘qing.
"(Ey, Muhammad!) Biz u (Qur’on) bilan sizning dilingizni ustivor qilish uchun manna shunday (oz-ozdan nozil qildik) va uni tartili bilan (ravon) o‘qib berdik" (Furqon, 32).
Qur’on oyatlaridan ibrat olib, ularni hayotingizga tatbiq eting.
"(Ey, Muhammad! Ushbu Qur’on) oyatlarini tafakkur qilishlari va aql egalari eslatma olishlari uchun Biz Sizga nozil qilgan muborak Kitobdir" (Sod, 29).