Ассалому алейкум
Mavzu:

Mayyit haqqiga qaysi suralarni o‘qish mumkin? 15.07.2016

Savol:

Assalomu alaykum. Bizda biror banda hayotdan ko‘z yumganidan keyin unga atab Fotiha surasi, uning ketidan 3 marta Ixlos surasi tilovat qilinadi. Shu to‘g‘rimi? Iltimos, qanday suralarni o‘qisak to‘g‘ri bo‘ladi va ulardan keyin qanday duolar qilinishi kerakligi haqida navbatma-navbat batafsil javob bersangiz. Chunki, ta’ziyaga borganda qaysi suralarni o‘qishni, undan keyin qanday duolar qilishni bilmaslik yaxshi emas. Aynan bu borada juda ko‘plab islomiy saytlardan izlab kerakli javoblarni topmagach, sizga murojaat qilishga majbur bo‘ldim. Javob uchun oldindan katta rahmat. Alloh sizdan rozi bo‘lsin!

Bo`lim Aqida
72793
Javob:

Va alaykum assalom. Mayyitga atab Fotiha va Ixlos surasini uch marta o‘qish yaxshi. Hadisi shariflarda Ixlos surasi Qur’onning uchdan biriga teng ekani aytilgan. Shu sabab ham bu bilan Qur’on xatmining (xatmi sag‘irning) savobi mayyitga bag‘ishlangan bo‘ladi. Bu bid’at yoki shariatda mavjud bo‘lmagan amal emas. Bunga yetarli dalillar bor. Ixlos surasi Qur’onning uchdan biriga teng ekani imom Buxoriy va imom Muslim kabi ishonchli muhaddislar tomonidan rivoyat qilingan.

 

عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهُ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: احْشُدُوا فَإِنِّي سَأَقْرَأُ عَلَيْكُمْ ثُلُثَ الْقُرْآنِ فَحَشَدَ مَنْ حَشَدَ ثُمَّ خَرَجَ نَبِيُّ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَقَرَأَ قُلْ هُوَ اللهُ أَحَدٌ ثُمَّ دَخَلَ فَقَالَ بَعْضُنَا لِبَعْضٍ: إِنِّي أُرَى هَذَا خَبَرٌ جَاءَهُ مِنْ السَّمَاءِ فَذَاكَ الَّذِي أَدْخَلَهُ ثُمَّ خَرَجَ نَبِيُّ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَقَالَ: إِنِّي قُلْتُ لَكُمْ: سَأَقْرَأُ عَلَيْكُمْ ثُلُثَ الْقُرْآنِ أَلاَ إِنَّهَا تَعْدِلُ ثُلُثَ الْقُرْآنِ. رَوَاهُ مُسْلِمٌ وَالتِّرْمِذِيُّ وَأَحْمَدُ وَالْبَيْهَقِيُّ وَأَبُو يَعْلَى.

 

    Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bir kuni: “(Bir joyga) yig‘ilinglar, men sizlarga Qur’onning uchdan birini o‘qib beraman”, dedilar. Bas, yig‘ilgan yig‘ildi, (yig‘ilmagan yo‘q). Keyin Nabiy sollallohu alayhi va sallam chiqib, “qul huvallohu ahad”ni o‘qidilar va (hujralariga) kirib ketdilar. Bizlardan ba’zilarimiz bir-biriga: “Men bu xabar u zotga osmondan kelgan, deb bilaman. Ana shu sabab u zot (hujralariga) kirib ketdilar”, dedi. So‘ngra Allohning Payg‘ambari sollallohu alayhi va sallam chiqib, “men sizlarga Qur’onning uchdan birini o‘qib beraman, dedim-ku. Bilinglarki, albatta u (Ixlos surasi) Qur’onning uchdan biriga teng”, dedilar” (Muslim, Termiziy, Ahmad, Bayhaqiy va Abu Ya’lo rivoyati).
    Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Ixlos surasi Qur’onning uchdan biriga teng ekanini ma’lum qilish uchun sahobalarni bir joyga yig‘ilishga chaqirganlar. Bu, aytiladigan xabarning muhimligidan darak beradi. Agar muhim bo‘lmaganida, sahobalarni atayin shu narsa uchun bir joyga to‘plamagan bo‘lardilar.

 

وَعَنْ أَبِي الدَّرْدَاءِ رَضِيَ اللهُ عَنْهُ عَنْ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: أَيَعْجِزُ أَحَدُكُمْ أَنْ يَقْرَأَ فِي لَيْلَةٍ ثُلُثَ الْقُرْآنِ قَالُوا: وَكَيْفَ يَقْرَأُ ثُلُثَ الْقُرْآنِ قَالَ: قُلْ هُوَ اللهُ أَحَدٌ تَعْدِلُ ثُلُثَ الْقُرْآنِ. رَوَاهُ الْبُخَارِيُّ وَمُسْلِمٌ وَالتِّرْمِذِيُّ وَالنَّسَائِيُّ فِي السُّنَنِ الْكُبْرَى وَالدَّارِمِيُّ وَأَحْمَدُ وَابْنُ حِبَّانَ وَالْبَيْهَقِيُّ وَالطَّبَرَانِيُّ.

 

   Abu Dardo roziyallohu anhu rivoyat qiladi: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Sizlardan biron kishi kechasi Qur’onning uchdan birini o‘qishga qodir emasmi?” deb so‘radilar. Odamlar: “Qanday qilib Qur’onning uchdan birini o‘qiydi” deyishdi. U zot: “Ixlos surasi Qur’onning uchdan biriga teng”, dedilar” (Buxoriy, Muslim, Termiziy, Nasoiy , Dorimiy, Ahmad, Ibn Hibbon, Bayhaqiy va Tabaroniy rivoyati).
    Bu rivoyatda Ixlos surasini bir marta o‘qigan banda Qur’onning uchdan birini (o‘n pora) o‘qiganlik savobiga ega bo‘lishi ta’kidlanmoqda. Ba’zi ulamolar rivoyatning zohiridan kelib chiqib, bu Qur’onning ma’nosiga nisbatan aytilgan. Qur’on hukmlar, xabarlar va tavhid masalalaridan iborat. Ixlos surasida tavhid bayon qilingan. Shu nuqtai nazardan Ixlos surasi Qur’onning uchdan biriga teng ekanini aytishgan. Ular bu fikrlarini Abu Dardo roziyallohu anhu tomonidan qilingan rivoyat bilan quvvatlaydilar. Unda aytilishicha, Nabiy sollallohu alayhi va sallam Qur’onni uch qismga bo‘lganlar. Ixlos surasini uning bir qismi qilganlar.
    Biron-bir joyga ta’ziyaga borganda insonlarni taqvoga, umrni g‘animat bilishga, o‘limni eslashga, yaqinlaridan ajraganlarni sabr-toqatga chaqiruvchi oyatlarni o‘qish, mayyit haqqiga istig‘for aytish yaxshidir. Alloh taolo Qur’oni karimda dunyodan o‘tib ketgan mo‘minlar haqiga mag‘firat so‘rashni ta’lim bergan. Ta’ziyada Baqara surasidagi “valanabluvannakum...” deb boshlanuvchi oyatni (Baqara, 155-157), Zalzala, Takosur, Ixlos suralarini o‘qish, ketidan Hashr surasining 10-oyatidagi “robbanag‘fir lanaa...” duosini o‘qish ma’qul sanaladi. Bunday vaqtda eng fazilatli ekani xabar qilingan sura va oyatlar o‘qilsa, savobi ulug‘ bo‘ladi. Mayyit haqqiga arabcha yoki o‘zbek tilida duo qilishning farqi yo‘q. Muhimi duoda ixlos bo‘lishi kerak (Manba: “Qur’on – qalblar shifosi”).

Kun hikmati

Keliniga zulm qilayotgan qaynonalar "Hargiz Alloh zolimlar qilayotgan amallardan gofil, deb hisoblama!" (Ibrohim surasi: 42) oyatini yodiga keltirsin…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 218892
  • Sayyidul-istig‘for duosini o‘rganamiz

    Allohumma anta Robbiy la ilaha illa anta xolaqtaniy va ana abduka va ana ala ahdika va vadika mastatotu. Auzu bika min …

    17.12017 98166
  • Alloh la’natlagan pardoz

    Alloh taolo Ozi yaratgan barcha jonzotlar ichida insonni eng gozal suratda yaratganini takidlab, Quroni karimda shunday…

    19.32017 47188
  • QUR’ON tilovati

    Quron oqishdan avval poklanib oling. "Uni (Quronni) tahoratli kishilardan ozgalar ushlamaslar" (Voqea, 79). Quron oqi…

    18.82016 45655
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар
Mayyit haqqiga qaysi suralarni o‘qish mumkin? 15.07.2016

Assalomu alaykum. Bizda biror banda hayotdan koz yumganidan keyin unga atab Fotiha surasi, uning ketidan 3 marta Ixlos surasi tilovat qilinadi. Shu togrimi? Iltimos, qanday suralarni oqisak togri boladi va ulardan keyin qanday duolar qilinishi kerakligi haqida navbatma-navbat batafsil javob bersangiz. Chunki, taziyaga borganda qaysi suralarni oqishni, undan keyin qanday duolar qilishni bilmaslik yaxshi emas. Aynan bu borada juda koplab islomiy saytlardan izlab kerakli javoblarni topmagach, sizga murojaat qilishga majbur boldim. Javob uchun oldindan katta rahmat. Alloh sizdan rozi bolsin!

72793