Ассалому алейкум
Mavzu:

Juma kuni tug‘ilgan qizlar nuqsonli bo‘ladimi? 14.07.2016

Savol:

Assalomu alaykum, qori aka! Qizim oxirgi kunlarda mazasi bo‘lmay ko‘p yig‘laydigan bo‘lib qoldi. Har xil dardlarga chalinmokda. Uydagilar domlaga olib borib dam soldirib kelishdi. Domla Yosin surasini o‘qib dam solibdi. So‘ngra bir xo‘roz so‘yib qonini qizimning badaniga surtishni aytibdi. Qonni badanga surtish to‘g‘risida ma’lumot berishingizni iltimos qilaman! Undan tashqari, qizim juma tongida dunyoga kelgan. Eshitishimcha, juma kuni dunyoga kelgan qizlar bokira bo‘lmas emish. Shu to‘g‘rida ham ma’lumot bersangiz! Javob uchun oldindan rahmat!

Bo`lim Aqida
17329
Javob:

Va alaykum assalom. “Domla” so‘zi omma xalq orasida juda urf bo‘lgan va aralash-quralash holda ishlatiladigan bo‘lib qolgan: masjid imomi ham domla, folbinu azayimxon ham domla... Qizingizning mazasi bo‘lmasa, shifokorlarga ko‘rsating. Agar ruhiy tarafdan kasal bo‘lsa, unda ham mutaxassis shifokorlarga ko‘rsatish va shu bilan birga shariatga muvofiq dam solish kerak. Qo‘lingizdan kelsa, o‘zingiz dam soling. Bo‘lmasa, ishonchli, e’tiqodi mustahkam va taqvoli kishilarga, masjid imomlariga olib borib dam soldiring. Domla ekan, deb duch kelgan odamning oldiga chopib boravermang! Xo‘roz so‘yib, uni bola tanasiga surtish shariatda yo‘q. Noshar’iy ishni buyuribdi o‘sha odam.
    Juma kuni tug‘ilish va vafot etishning fazilati bo‘lishi mumkin. Ammo juma kunida tug‘ilgan bola biron nuqsonli bo‘lishini birinchi marta eshitib turibmiz. Juma kuni tug‘ilsa, unday bo‘ladi, juma kuni tug‘ilsa, mana bu ismni qo‘yish kerak... Hammasi o‘ylab topilgan narsalar.
     Shariatda bandaning o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan narsada unga zulm qilinmaydi. Ya’ni, kimning qaysi joyda, qaysi yilda va kunda tug‘ilishi o‘ziga bog‘liq emas. Shunday ekan, bunda falon kunda tug‘ilsa, baxtsiz bo‘larkan, kasalmand bo‘larkan, deyilmaydi. Bandaning baxtli yoki baxtsiz bo‘lishi, avvalo Alloh taqdiriga, qolaversa, bandaning amaliga bog‘liq.

Kun hikmati

Keliniga zulm qilayotgan qaynonalar "Hargiz Alloh zolimlar qilayotgan amallardan gofil, deb hisoblama!" (Ibrohim surasi: 42) oyatini yodiga keltirsin…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 218899
  • Sayyidul-istig‘for duosini o‘rganamiz

    Allohumma anta Robbiy la ilaha illa anta xolaqtaniy va ana abduka va ana ala ahdika va vadika mastatotu. Auzu bika min …

    17.12017 98166
  • Alloh la’natlagan pardoz

    Alloh taolo Ozi yaratgan barcha jonzotlar ichida insonni eng gozal suratda yaratganini takidlab, Quroni karimda shunday…

    19.32017 47189
  • QUR’ON tilovati

    Quron oqishdan avval poklanib oling. "Uni (Quronni) tahoratli kishilardan ozgalar ushlamaslar" (Voqea, 79). Quron oqi…

    18.82016 45656
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар
Juma kuni tug‘ilgan qizlar nuqsonli bo‘ladimi? 14.07.2016

Assalomu alaykum, qori aka! Qizim oxirgi kunlarda mazasi bolmay kop yiglaydigan bolib qoldi. Har xil dardlarga chalinmokda. Uydagilar domlaga olib borib dam soldirib kelishdi. Domla Yosin surasini oqib dam solibdi. Songra bir xoroz soyib qonini qizimning badaniga surtishni aytibdi. Qonni badanga surtish togrisida malumot berishingizni iltimos qilaman! Undan tashqari, qizim juma tongida dunyoga kelgan. Eshitishimcha, juma kuni dunyoga kelgan qizlar bokira bolmas emish. Shu togrida ham malumot bersangiz! Javob uchun oldindan rahmat!

17329