Ассалому алейкум
Mavzu:

“Omin”ni ovoz chiqarib aytish mumkinmi?

Savol:

Assalomu alaykum, hurmatli qori aka. Men oldingi bergan savollarimga to‘liq javob olganim uchun sizlarga minnatdorchilik bildiraman! Bugun yana ikkita savolni sizga yo‘llamoqdaman: 1. Odamlar rasmi, o‘yinchoq hayvonlar bor xonada namoz o‘qisa bo‘ladimi? 2. Namozda Fotiha surasidan keyin ovozni chiqarib “omin” deyish kerakmi yoki yo‘q?

Bo`lim Ibodat masalalari
7714
Javob:

    Va alaykum assalom. 1. Oldida yoki yonida jonli narsalar surati bo‘lgan holda namoz o‘qish makruhdir. Agar surat orqada, oyoq tagida bo‘lsa, yoki juda kichik bo‘lsa, hechqisi yo‘q. Namoz o‘qiydigan xonada jonli narsalar surati, yana namozdan chalg‘ituvchi ortiqcha ashyolar bo‘lmagani ma’qul. 
    2. Bizning hanafiy mazhabimizda “omin” ichida aytiladi. Mana shunisi ixlosga yaqinroqdir. Omin tovush ko‘tarmasdan aytilishiga sabab, uning duo ekanligidir. Zero, bu so‘z “(ey Alloh), ijobat qil!” degan ma’noni anglatadi. Duo esa pastroq tovushda qilinishi kerak. Chunonchi, Alloh taolo A’rof surasida shunday buyuradi: 

 

“ادعوا ربكم تضرعا وخفية إنه لا يحب المعتدين ” 

 

Ma’nosi: “Parvardigoringizga tazarru bilan va maxfiy (ichingizda) duo qilingiz. Zero, U haddan oshuvchi kimsalarni sevmas” (A’rof surasi: 55-oyat). 
     Lekin, ichida aytish deganda shunchaki, xayoldan o‘tkazish emas, balki, o‘ziga eshitiladigan darajada past tovushda, pichirlab aytish tushuniladi. Peshin, asr va nafl namozlarini yakka o‘zi o‘qiyotgan odam qiroatni qay darajada qilishi kerak bo‘lsa, o‘sha darajada aytiladi “omin”. Ya’ni, tovushni ko‘tarmasdan, o‘ziga eshitiladigan tarzda ohista aytiladi. Vallohu a’lam! 


Kun hadisi

Oziga aloqasi bolmagan narsalar bilan shugullanmaslik kishining Islomi gozalligidan darakdir (Imom Termiziy rivoyati, hasan hadis). Izoh: Ushbu hadis…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217072
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар
“Omin”ni ovoz chiqarib aytish mumkinmi?

Assalomu alaykum, hurmatli qori aka. Men oldingi bergan savollarimga toliq javob olganim uchun sizlarga minnatdorchilik bildiraman! Bugun yana ikkita savolni sizga yollamoqdaman: 1. Odamlar rasmi, oyinchoq hayvonlar bor xonada namoz oqisa boladimi? 2. Namozda Fotiha surasidan keyin ovozni chiqarib omin deyish kerakmi yoki yoq?

7714