Ассалому алейкум
Mavzu:

Kurak suyagi harommi? 23.11.2017

Savol:

Assalom alaykum. Ustoz mani bir savol qiynayapti shunga oydinlik kiritib bering iltimos. Qushxonalarda mol, quy suyaklarin orasidagi kurak suyagini (xarom kurak) deb atashadi va uni vaznini tarozdan ayrishadi. Shuni xarom yoki halol ekanligini tushntirib bersangiz.

Bo`lim
12925
Javob:

Va alaykumus salom. Haqiqatan, mol so‘yilib taroziga tortilayotganda kurak suyagi uchun ikki kilo olib tashlanadi. Lekin bu suyakning haromligi haqida biron dalil yo‘q. Bu narsa qassoblar orasida urf bo‘lgan ko‘rinadi. Nega, deb so‘ralsa, o‘sha suyakda ilik ham yo‘q, boshqa suyaklar kabi ovqatga solinsa, foydasi bo‘lmaydi. Uni taroziga tortib xaridorga sotish ma’qul sanalmaydi. Shuning uchun uni tarozidan chiqarib tashlansa kerak.

Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tamiz, hanafiy mazhabi ulamolari nazdida jonliqning yettita qismi yeyilmaydi. Bular: 1. Oqqan qon. 2. Ikki moyak (tuxumdon). 3. Erkaklik olati. 4. Urg‘ochi hayvonning jinsiy a’zosi. 5. Bezlari. 6. Siydik pufagi. 7. O‘t pufagi.

Bu a’zolar orasida kurak suyagi yo‘q. Shundan ma’lum bo‘ladiki, kurak suyagi taroziga tushmagani bilan harom deyilmaydi. Zero, biron narsaning haromligiga odamlar orasida tarqalgan urf emas, Qur’on yoki sahih hadis dalil bo‘la oladi.

Kun hadisi

Oziga aloqasi bolmagan narsalar bilan shugullanmaslik kishining Islomi gozalligidan darakdir (Imom Termiziy rivoyati, hasan hadis). Izoh: Ushbu hadis…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217855
  • Sayyidul-istig‘for duosini o‘rganamiz

    Allohumma anta Robbiy la ilaha illa anta xolaqtaniy va ana abduka va ana ala ahdika va vadika mastatotu. Auzu bika min …

    17.12017 97983
  • Alloh la’natlagan pardoz

    Alloh taolo Ozi yaratgan barcha jonzotlar ichida insonni eng gozal suratda yaratganini takidlab, Quroni karimda shunday…

    19.32017 47008
  • QUR’ON tilovati

    Quron oqishdan avval poklanib oling. "Uni (Quronni) tahoratli kishilardan ozgalar ushlamaslar" (Voqea, 79). Quron oqi…

    18.82016 44873
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар
Kurak suyagi harommi? 23.11.2017

Assalom alaykum. Ustoz mani bir savol qiynayapti shunga oydinlik kiritib bering iltimos. Qushxonalarda mol, quy suyaklarin orasidagi kurak suyagini (xarom kurak) deb atashadi va uni vaznini tarozdan ayrishadi. Shuni xarom yoki halol ekanligini tushntirib bersangiz.

12925