Ассалому алейкум
Mavzu:

Yoqtirgan “qizi”ni onasi olib bermasa... 13.09.2016

Savol:

Assalomu alaykum. Sizga bir savolim bor edi. Juda ikkilanib qoldim, nima qilishni bilmayapman: bir qizga ko‘ngil qo‘ygandim. Mana vaqti-soati kelib, uydagilarga ham aytdim. Otamga farqi yo‘q. Ammo onam... sovchilikka borib keldilar... Nima emish, qiz oliy ma’lumotli emas ekan, oilasi kambag‘al ekan... Men hayronman: inson imon-etiqodi bilan aziz bo‘lmaydimi?! Onamlar “u qizni olib bermayman”, deb oyoq tirab turib olganlar. Men bo‘lsa, to‘yga tayyorgarlik ko‘rib yurgandim.
     Qizning bo‘yi yetib qolgan. Dadasi “boshqasiga berib yuboraman”, deyayotgan ekan. Har kuni “nima bo‘larkin”, deb qo‘rquvda yuraman. Allohdan iltijo qilib so‘ramoqdaman... Shariatda bunday holatda nima qilish kerak? Maslahat bering! Hozir men orqaga chekinsam, qo‘rqoqning ishini qilgan bo‘laman! Iltimos, savolimga mukammalroq javob bersangiz!

Bo`lim Maslahat
8428
Javob:

Va alaykum assalom. Aslida yigit o‘zi uylanayotgan qizni ko‘rishi, yoqtirsagina unga sovchi qo‘yishi mumkin. Ammo to‘ydan oldin ikki yosh guvohlarsiz gaplashib, bir-birlarini “sinov”dan o‘tkazishlari mutlaqo joiz emas. To‘g‘ri, uylanish arafasida biron qizni ko‘z ostiga olib, unga uylanishni niyat qilish mumkin. Ammo oraga shariat qaytargan ishlar qo‘shilib ketmasligi kerak. Bu masalaning birinchi jihati. Keyin, aslini olganda, nikohda ota-onaning o‘rni muhim sanalmaydi. Ya’ni, nikoh to‘g‘ri bo‘lishi uchun ota yoki onaning roziligi shart emas. Ularning roziligisiz ham boshqa shartlar mavjud bo‘lsa, nikoh to‘g‘ri bo‘laveradi. Ammo dinimizda ota-onaning roziligi ustun ekani, Allohga ibodat qilishdan keyin ota-onaga yaxshilik qilishga buyurilganini inobatga olsak, nikohda ularning roziligini olish ham kerakligi ma’lum bo‘ladi. Ya’ni, uylanayotgan yigit yoki turmushga chiqayotgan qiz, albatta ota-onasi roziligini oladi. Ular qarshi bo‘lishsa ham yoqtirgan “qiz”iga uylanish yoki “yigiti”ga tegib ketaverish Islomga zid, balki tagidan chirib borayotgan ommaviy madaniyatga xos illat sanaladi. Biz Yevropaga taqlidan o‘z xohishimizni hamma narsadan ustun qo‘ymasligimiz kerak Shunday ekan, bunda ota-onaning ra’yiga ham qaraladi. To‘g‘ri, nikohda yigit va qizning huquqlari ta’minlanadi, hech kim o‘ziga yoqmagan odamga turmushga chiqmaydi yoki uylanmaydi, ammo baribir bunda ota-onaning roziliklari bilan ish tutish kerak.
    Yana bir narsa: nikohda tenglik masalasi bor. Masalan, siz ilmli, oliy ma’lumotli bo‘lib, qiz ta’lim ko‘rmagan bo‘lsa ham keyinchalik orada tushunmovchilik chiqishi, hatto oila buzilib ketishi mumkin. Shu sabab, hatto ikki oilaning iqtisodiy holati ham teng bo‘lishi ma’qul ko‘riladi. Aslida nikoh to‘g‘ri bo‘lishi, ikki yoshning baxtli bo‘lishlari uchun boylik, husn, ilm kabilar shart emas. Biroq imon va odob-axloq bilan bir qatorda ilm, ma’lumot, kasb-hunar va boshqa jihatlar ham teng bo‘lsa, quriladigan oila mustahkam bo‘ladi.
     Sizga maslahatimiz, o‘sha qiz haqiqatan o‘zingizga munosib va ma’qul bo‘lsa, buni ota-onangizga yotig‘i bilan tushuntiring. Vaziyatni tushunsalar, sovchilikka borib, so‘rab-surishtirish, ikki tarafning bir-biriga to‘g‘ri kelish yo kelmasligini aniqlash mumkin bo‘ladi. Ammo ota-onangiz “bu qizni senga olib bermaymiz”, deyishsa, ularni ranjitishdan ehtiyot bo‘ling...
     Agar siz “yoqtirgan” qiz onangizga ma’qul kelmasa, keyingi hayotingizni ham o‘ylang. Chunki onangiz qarshiligiga qaramay o‘sha qizni nikohlab olgan taqdiringizda ham xotirjam, tinch-omon hayot kechirish mushkul bo‘ladi. Shularni hisobga olib, avvalo o‘zingizga, qolaversa, ota-onangizga ma’qul qizni tanlang. Aniqroq aytadigan bo‘lsak, onangizga ma’qul kelgan qizlar ichidan o‘zingizga yoqqaniga uylaning. Zero, dilxiralikdan ko‘ra o‘zaro rozilik bilan to‘y qilinsa, yaxshi bo‘ladi.

Kun hadisi

Oziga aloqasi bolmagan narsalar bilan shugullanmaslik kishining Islomi gozalligidan darakdir (Imom Termiziy rivoyati, hasan hadis). Izoh: Ushbu hadis…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217622
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар
Yoqtirgan “qizi”ni onasi olib bermasa... 13.09.2016

Assalomu alaykum. Sizga bir savolim bor edi. Juda ikkilanib qoldim, nima qilishni bilmayapman: bir qizga kongil qoygandim. Mana vaqti-soati kelib, uydagilarga ham aytdim. Otamga farqi yoq. Ammo onam... sovchilikka borib keldilar... Nima emish, qiz oliy malumotli emas ekan, oilasi kambagal ekan... Men hayronman: inson imon-etiqodi bilan aziz bolmaydimi?! Onamlar u qizni olib bermayman, deb oyoq tirab turib olganlar. Men bolsa, toyga tayyorgarlik korib yurgandim. Qizning boyi yetib qolgan. Dadasi boshqasiga berib yuboraman, deyayotgan ekan. Har kuni nima bolarkin, deb qorquvda yuraman. Allohdan iltijo qilib soramoqdaman... Shariatda bunday holatda nima qilish kerak? Maslahat bering! Hozir men orqaga chekinsam, qorqoqning ishini qilgan bolaman! Iltimos, savolimga mukammalroq javob bersangiz!

8428