Ассалому алейкум
Mavzu:

Asl mahsulotning sifatsizini ishlab chiqarsa bo‘ladimi? 14.11.2017

Savol:

Assalomu alakum! Men bozorda ishlayman.Maslahatingiz kerak. Biron mahsulot originaliningkopiyasini sotsa bo‘ladimi? Uni asl moldan ancha arzon narxda sotiladi? Shunday mahsulotlarga talab bor. Mahsulotning asl emasligini aytib sotsa bo‘ladimi?

Bo`lim Maslahat
6239
Javob:

Va alaykum assalom. Biron firma, korxona, zavod yoki fabrikaning asl mahsulotini sifatsiz va arzonroq qilib ishlab chiqarish va sotish joiz emas. Bu mahsulot egalariga qilingan xiyonatdir. Bu bilan birovning haqi yeyilgan, ularning obro‘siga putur yetkazilgan bo‘ladi. Qolaversa, xaridor ham aldanib qoladi. Sababi u asl molni qalbakisi bilan ajratolmasligi mumkin.

Xitoy kabi davlatlarda shunday narsa juda urf bo‘lgan bo‘lsa ham, ularda ma’lum shartlar bor. Masalan, mahsulot nomidagi bir ikki harfni o‘zgartirib qo‘yishadi va u asl mahsulotdan farq qiladi. Shunday narsalarni sotish joiz bo‘lsa kerak (Yana Alloh biladi).

Xitoy davlati qo‘llaydigan usuldan mahsulot egalarining xabari bor. Ammo asl mahsulot egalari roziligisiz biron narsa chiqarilgan bo‘lsa, ularni sotmaslik kerak. Vallohu a’lam!

Kun hadisi

Oziga aloqasi bolmagan narsalar bilan shugullanmaslik kishining Islomi gozalligidan darakdir (Imom Termiziy rivoyati, hasan hadis). Izoh: Ushbu hadis…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 84522
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар
Asl mahsulotning sifatsizini ishlab chiqarsa bo‘ladimi? 14.11.2017

Assalomu alakum! Men bozorda ishlayman.Maslahatingiz kerak. Biron mahsulot originaliningkopiyasini sotsa boladimi? Uni asl moldan ancha arzon narxda sotiladi? Shunday mahsulotlarga talab bor. Mahsulotning asl emasligini aytib sotsa boladimi?

6239