Qanday ayollarga uylangan ma’qul? 16.09.2017
Savol:Assalomu alaykum, hurmatli Ustoz! Alloh din yo‘lida qilayotgan xizmatlaringizni husni qabul aylasin! Masahatlaringizga muhtojman! Iltimos, yordam beringlar.
Yoshim yigirmada. Oilamizdagilar, kaminani, unashtirib qo‘yish niyatida yuribdilar. Bir qizni taklif qilmoqdalar: "U qiz ilmli. Ona tili, adabiyot, ingliz tili kabilarni juda yaxshi biladi. Arab tilidan ham xabari bor. Qur’oni karimdan ham 10 pora yod olgan. Hijobda yuradi..." deyishmoqdalar. Xullas, menga mos emish. Men, ancha oldin, bir marotaba uni ko‘rganman. To‘g‘risi husn tomonlama uncha yoqmagandi (zohirga qarab baho berish, mening ojizligim, xatoyimdir balki).
Dadam shunga uylanasan. "Xo‘p" desang hoziroq boraman, deya holi jonimga qo‘ymayabdilar. Nima qilishni masahat berasizlar? Alloh ishlaringizga rivoj bersin! Duolaringizda kaminani unutmanglar
Bo`lim Maslahat9720
Va alaykum assalom. Haqiqiy musulmon erkak birinchi navbatda ayolning imoniga, hayosiga, odob-axloqiga e’tibor beradi. Chiroy, nasl-nasab va boylik keyingi o‘rinda turadi. Asosiysi, kishining bo‘lajak jufti mo‘mina-muslima bo‘lishi kerak. Agar imoni bilan birga chiroyli, nasabi toza va badavlat bo‘lsa, yanayam yaxshi. Ammo qolgan uchta jihat imon-e’tiqoddan ustun qo‘yilmaydi.