Tushimning ta’biri qanday? 19.09.2017
Savol:Assalomu alaykum. Ayolim tushida meni o‘lgan holda ko‘ribdi. Bu nimadan darak beradi? Shuni tushuntirib bersangiz, iltimos!
Bo`lim Maslahat9594
Va alaykum assalom. Tushga ko‘p ham e’tibor beravermang. Tushga nimalar kirmaydi, deysiz. Tush inson taqdirini belgilamaydi.
Sizga maslahat: bu tushning yomonligidan saqlashini so‘rab Allohga duo qiling, zikr-tasbeh va istig‘for ayting. Doim pokiza yuring, ibodatlarni vaqtida bajaring. Shunda hammasi yaxshi bo‘ladi, inshaalloh!