Ассалому алейкум
Mavzu:

Tushkunlik, vahima va qo‘rquvning davosi bormi? 08.04.2017

Savol:


    Assalomu alaykum. Menda bir xastalik bor. Alhamdulillah, tana a’zolarim sog‘-salomat. Biroq qo‘rquv-vahima bor, hamma narsadan hadiksirab, hatto dori-darmon qabul qilishdan qo‘rqyapman. Men 5-6 marta mohir qorilarga dam soldirdim. Tushkunlik, xafalik, vahima baribir ketmayapti. Shifokorlar yozgan dorilarini ham qabul qila olmayapman. Shu dardga qanday davo bor?
Barcha qilayotgan ezgu ishlaringizda Yaratganning O‘zi madadkor bo‘lsin! Javobingiz uchun oldindan rahmat!
 

Bo`lim Maslahat
8784
Javob:

   Va alaykum assalom. Sizdagi qo‘rquv va vahimani muolaja qilish uchun, avval uning sabablarini bilish kerak. Buning uchun siz musulmon va mohir psixologga murojaat qiling. U sizdagi holatni o‘rganib, foydali maslahatlar beradi, kerakli muolajalarni tavsiya etadi. 

 

   Shu bilan birga ishonchli, ilmli va taqvodor qorilardan biriga dam soldirsangiz ham bo‘ladi. Dam solish kor qilishi uchun dam soluvchida ixlos va niyat bo‘lishi kerak. 
Keyin “laa ilaaha illalloh” kalimasini ko‘p takrorlash qalbdagi shubha-gumon, qo‘rquv va vahimalarni daf qiladi. Sababi bu kalima banda imonini mustahkamlaydi. Keyin istig‘for aytiladi. Zero, istig‘for qalbga nur bag‘ishlaydi. 
Qolaversa, doim pokiza yurish, jumladan tana va libosga nopok narsalar tegishidan saqlanish zarur. 
Vahima, qo‘rquv va tushkunlikdan uzoq bo‘lish uchun e’tiqodni mustahkamlash, foydali ilm bilan mashg‘ul bo‘lish, jumladan, aqida kitoblarini o‘qish, Qur’on tilovat qilish, zikru tasbehlarni davomiy suratda bajarish talab etiladi. Bu narsalar Allohning izni bilan bandaga manfaat keltiradi.

Kun oyati

(Ey Muhammad,) oz jonlariga zulm qilgan bandalarimga ayting: Allohning rahmatidan noumid bolmangiz! Albatta, Alloh barcha gunohlarni magfirat qilur.…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 69530
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар
Tushkunlik, vahima va qo‘rquvning davosi bormi? 08.04.2017

Assalomu alaykum. Menda bir xastalik bor. Alhamdulillah, tana azolarim sog-salomat. Biroq qorquv-vahima bor, hamma narsadan hadiksirab, hatto dori-darmon qabul qilishdan qorqyapman. Men 5-6 marta mohir qorilarga dam soldirdim. Tushkunlik, xafalik, vahima baribir ketmayapti. Shifokorlar yozgan dorilarini ham qabul qila olmayapman. Shu dardga qanday davo bor? Barcha qilayotgan ezgu ishlaringizda Yaratganning Ozi madadkor bolsin! Javobingiz uchun oldindan rahmat!

8784