Ассалому алейкум
Mavzu:

Jin kimlarning ko‘ziga ko‘rinadi? 22.08.2016

Savol:

Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakotuh. Hurmatli muxlis.uz sayti rahbariyati. Sizga bir savol yuzasidan murojaat qilmoqdaman.
    Bir hamkasbim iltimosiga binoan savol bermoqdaman. Hamkasbim ko‘ziga har xil ko‘rinishdagi jin-u ajinlar ko‘rinar, ovozlari eshitilar va ba’zan chaqirar ham ekan O‘zi aytishi bo‘yicha - bormagan tanishlari qolmabdi. Mullalarga ham borib ko‘rgan. Ollohga ming shukrlar bo‘lsinkim Menda bunday holatlar bo‘lmaydi. Shunga u nima qilishi kerak va qanday qilib ulardan xalos bo‘lishi mumkin? Men u hamkasbimga Qur’oni Karimdagi uch so‘nggi so‘rani o‘qib yurishni maslahat berdim. Lekin, hamkasbim - ularni ko‘rgan paytida hatto tili aylanmay qolishini aytdi. Nima maslahat berasiz? Nima qilish darkor?Iltimos,bor bilimingizni ayamaysiz degan umiddaman. Olloh sizdan rozi bo‘lsin.
     Jin-u ajinalar kimlarning ko‘ziga ko‘rinadi va uning sabablari haqida aytsangiz. Va ularni boshqa ko‘rmaslik chora-tadbirlari haqida aytsangiz. Folbinlarga ishonmayman. irim -sirimlarga ham. Irim qilib biror nima taqib yurish kerakmi? Menimcha - bunda faqat yolg‘iz Olloh yordam beradi deb bilaman. Yolg‘iz Ollohgagina ishonaman va sizdan foydali javob berishingizni Ollohdan so‘rayman. Shu hamkasbimga yordam bergim keldi. Yordam beraylik agar iloji bo‘lsa.

Bo`lim Aqida
20799
Javob:

Va alaykum assalom va rohmatullohi va barokatuh. “Jin” so‘zi “to‘silgan” ma’nosini anglatadi. Insonlar ko‘ra olmagani uchun ham mazkur xilqatni “jin” deyiladi. Odatda, jinlar insonlar orasida bo‘lsa ham ularni ko‘rish imkoni yo‘q. Lekin, ayrim hollarda ba’zi kishilarga jin ko‘rinishi mumkin. Hayotda shunday holatlar kuzatiladi. Ammo men nima sababdan inson ko‘ziga jin ko‘rinishini bilmayman.
     Umuman olganda, musulmon banda jin va shaytonlar yomonligidan panoh so‘rashga, doim Qur’on tilovat qilib, duo o‘qib yurishga buyurilgan. Jumladan, besh vaqt namozdan keyin, uyquga yotishdan oldin Oyatul kursiy o‘qilsa, banda Alloh taoloning himoyasida bo‘ladi. Bundan tashqari, Fotiha, Kofirun, Ixlos, Falaq, Nos suralarini o‘qib, o‘ziga dam solish ham naf beradi.
      Banda doim pok holda yursa, ibodatlarni o‘z vaqtida bajarsa, zikr, tasbeh, istig‘for, salavotlar aytib yursa, unga hech qanday shikast-ofat yaqin yo‘lamaydi, inshaalloh!

Kun oyati

(Ey Muhammad,) oz jonlariga zulm qilgan bandalarimga ayting: Allohning rahmatidan noumid bolmangiz! Albatta, Alloh barcha gunohlarni magfirat qilur.…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217443
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар
Jin kimlarning ko‘ziga ko‘rinadi? 22.08.2016

Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakotuh. Hurmatli muxlis.uz sayti rahbariyati. Sizga bir savol yuzasidan murojaat qilmoqdaman. Bir hamkasbim iltimosiga binoan savol bermoqdaman. Hamkasbim koziga har xil korinishdagi jin-u ajinlar korinar, ovozlari eshitilar va bazan chaqirar ham ekan Ozi aytishi boyicha - bormagan tanishlari qolmabdi. Mullalarga ham borib korgan. Ollohga ming shukrlar bolsinkim Menda bunday holatlar bolmaydi. Shunga u nima qilishi kerak va qanday qilib ulardan xalos bolishi mumkin? Men u hamkasbimga Quroni Karimdagi uch songgi sorani oqib yurishni maslahat berdim. Lekin, hamkasbim - ularni korgan paytida hatto tili aylanmay qolishini aytdi. Nima maslahat berasiz? Nima qilish darkor?Iltimos,bor bilimingizni ayamaysiz degan umiddaman. Olloh sizdan rozi bolsin. Jin-u ajinalar kimlarning koziga korinadi va uning sabablari haqida aytsangiz. Va ularni boshqa kormaslik chora-tadbirlari haqida aytsangiz. Folbinlarga ishonmayman. irim -sirimlarga ham. Irim qilib biror nima taqib yurish kerakmi? Menimcha - bunda faqat yolgiz Olloh yordam beradi deb bilaman. Yolgiz Ollohgagina ishonaman va sizdan foydali javob berishingizni Ollohdan sorayman. Shu hamkasbimga yordam bergim keldi. Yordam beraylik agar iloji bolsa.

20799