Ассалому алейкум
Mavzu:

Men uylanmoqchi bo‘lgan qiz onamga yoqmayapti 07.11.2016

Savol:

    Assalomu alaykum hurmatli Odilxon qori aka! Sizni qilayotgan yordamingiz hamda savollarni chetda qoldirmayotganingiz uchun katta rahmat! Alloh sizni panohida asrasin. Yoshim 23 da. Uylanishni niyat qilib anchadan buyon ko‘z ostimga olib qo‘ygan qizni onamlarga ko‘rsatgan edim. Lekin u qiz onamga yoqmadi. Ammo men u qizni yaqindan bilganim va fe’l-atvorini tushunganim uchun u qiz menga munosib deb bilaman va u qiz ham meni kutmoqda. Bu holatda nima qilishim kerak. Onamni roziligi uchun sevgimdan kechsam qizni baxtsiz bo‘lgani uchun gunohkor bo‘lib qolmaymanmi?

Bo`lim Oilaviy
13398
Javob:

     Va alaykum assalom. Aslida yigit o‘zi uylanayotgan qizni ko‘rishi, yoqtirsagina unga sovchi qo‘yishi mumkin. Ammo to‘ydan oldin ikki yosh guvohlarsiz gaplashib, bir-birlarini “sinov”dan o‘tkazishlari mutlaqo joiz emas. To‘g‘ri, uylanish arafasida biron qizni ko‘z ostiga olib, unga uylanishni niyat qilish mumkin. Ammo oraga shariat qaytargan ishlar qo‘shilib ketmasligi kerak. Bu masalaning birinchi jihati. Keyin, aslini olganda, nikohda ota-onaning o‘rni muhim sanalmaydi. Ya’ni, nikoh to‘g‘ri bo‘lishi uchun ota yoki onaning roziligi shart emas. Ularning roziligisiz ham boshqa shartlar mavjud bo‘lsa, nikoh to‘g‘ri bo‘laveradi. Ammo dinimizda ota-onaning roziligi ustun ekani, Allohga ibodat qilishdan keyin ota-onaga yaxshilik qilishga buyurilganini inobatga olsak, nikohda ularning roziligini olish ham kerakligi ma’lum bo‘ladi. Ya’ni, uylanayotgan yigit yoki turmushga chiqayotgan qiz, albatta ota-onasi roziligini oladi. Ular qarshi bo‘lishsa ham yoqtirgan “qiz”iga uylanish yoki “yigiti”ga tegib ketaverish Islomga zid, balki tagidan chirib borayotgan ommaviy madaniyatga xos illat sanaladi. Biz Yevropaga taqlidan o‘z xohishimizni hamma narsadan ustun qo‘ymasligimiz kerak. Shunday ekan, bunda ota-onaning ra’yiga ham qaraladi. To‘g‘ri, nikohda yigit va qizning huquqlari ta’minlanadi, hech kim o‘ziga yoqmagan odamga turmushga chiqmaydi yoki uylanmaydi, ammo baribir bunda ota-onaning roziliklari bilan ish tutish kerak.
    Yana bir narsa: nikohda tenglik masalasi bor. Masalan, siz ilmli, oliy ma’lumotli bo‘lib, qiz ta’lim ko‘rmagan bo‘lsa ham keyinchalik orada tushunmovchilik chiqishi, hatto oila buzilib ketishi mumkin. Shu sabab, hatto ikki oilaning iqtisodiy holati ham teng bo‘lishi ma’qul ko‘riladi. Aslida nikoh to‘g‘ri bo‘lishi, ikki yoshning baxtli bo‘lishlari uchun boylik, husn, ilm kabilar shart emas. Biroq imon va odob-axloq bilan bir qatorda ilm, ma’lumot, kasb-hunar va boshqa jihatlar ham teng bo‘lsa, quriladigan oila mustahkam bo‘ladi.
     Sizga maslahatimiz, o‘sha qiz haqiqatan o‘zingizga munosib va ma’qul bo‘lsa, buni ota-onangizga yotig‘i bilan tushuntiring. Vaziyatni tushunsalar, sovchilikka borib, so‘rab-surishtirish, ikki tarafning bir-biriga to‘g‘ri kelish yo kelmasligini aniqlash mumkin bo‘ladi. Ammo ota-onangiz “bu qizni senga olib bermaymiz”, deyishsa, ularni ranjitishdan ehtiyot bo‘ling...
     Agar siz “yoqtirgan” qiz onangizga ma’qul kelmasa, keyingi hayotingizni ham o‘ylang. Chunki onangiz qarshiligiga qaramay o‘sha qizni nikohlab olgan taqdiringizda ham xotirjam, tinch-omon hayot kechirish mushkul bo‘ladi. Shularni hisobga olib, avvalo o‘zingizga, qolaversa, ota-onangizga ma’qul qizni tanlang. Aniqroq aytadigan bo‘lsak, onangizga ma’qul kelgan qizlar ichidan o‘zingizga yoqqaniga uylaning. Zero, dilxiralikdan ko‘ra o‘zaro rozilik bilan to‘y qilinsa, yaxshi bo‘ladi.

Kun hikmati

Keliniga zulm qilayotgan qaynonalar "Hargiz Alloh zolimlar qilayotgan amallardan gofil, deb hisoblama!" (Ibrohim surasi: 42) oyatini yodiga keltirsin…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217020
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар
Men uylanmoqchi bo‘lgan qiz onamga yoqmayapti 07.11.2016

Assalomu alaykum hurmatli Odilxon qori aka! Sizni qilayotgan yordamingiz hamda savollarni chetda qoldirmayotganingiz uchun katta rahmat! Alloh sizni panohida asrasin. Yoshim 23 da. Uylanishni niyat qilib anchadan buyon koz ostimga olib qoygan qizni onamlarga korsatgan edim. Lekin u qiz onamga yoqmadi. Ammo men u qizni yaqindan bilganim va fel-atvorini tushunganim uchun u qiz menga munosib deb bilaman va u qiz ham meni kutmoqda. Bu holatda nima qilishim kerak. Onamni roziligi uchun sevgimdan kechsam qizni baxtsiz bolgani uchun gunohkor bolib qolmaymanmi?

13398