Ассалому алейкум
Mavzu:

Namoz o‘qishni tashlash haqida 06.10.2016

Savol:

Assalomu alaykum, Odilxon qori aka. Avval namoz o‘qib turib, keyin uni tark etib, yana maishatga berilib ketgan bandaga qanday hukm bor? Iloji bo‘lsa, kengroq – Qur’on va hadislardan dalillar keltirib tushuntirib bering!

Bo`lim Fiqh
8976
Javob:

Va alaykum assalom. Biz muxlislardan kelgan har bir savolga hujjat-dalillar bilan batafsil javob berish imkoniga ega emasmiz. Sababi buning uchun ko‘p vaqt sarf etiladi. Biz nima aytayotgan bo‘lsak, uni Qur’ondan, hadisdan yoki ulamolar qavllaridan olamiz. Lekin, savollarga imkon qadar qisqa va lo‘nda javob berishni ixtiyor etganmiz.
   Endi bevosita savolingizga kelsak, musulmon kishi balog‘atga yetishi bilan kunda besh mahal namoz o‘qish zammasida farz bo‘ladi. Agar o‘qimasa, qattiq gunohkor bo‘ladi. Bu gunohni uning qazosini o‘qish bilan yuvish imkoni bor. Bir banda namoz o‘qib yurib, ma’lum muddatdan keyin uni tashlasa, namozning farzligini inkor etmasa, boshqa gunohlarni qilib yursa, uning iymoni bo‘lgani bilan dinning ustunlaridan bo‘lgan muhim amalni bajarmay yurgani uchun gunohkor sanaladi.
Unutmaylik, namozni tark etish oqibati og‘ir. Buning “kichik” jazosi qabr azobi ko‘rinishida bo‘lishi rivoyatlarda kelgan. Banda namozni qoldirishning oxiratdagi jazosi qandayligini tasavvuriga sig‘dira olmaydi.
     Shunday ekan, Dinning ustuni bo‘lgan namozni o‘z vaqtida, talab qilingan suratda o‘qish lozim.

Kun hikmati

Keliniga zulm qilayotgan qaynonalar "Hargiz Alloh zolimlar qilayotgan amallardan gofil, deb hisoblama!" (Ibrohim surasi: 42) oyatini yodiga keltirsin…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217086
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар
Namoz o‘qishni tashlash haqida 06.10.2016

Assalomu alaykum, Odilxon qori aka. Avval namoz oqib turib, keyin uni tark etib, yana maishatga berilib ketgan bandaga qanday hukm bor? Iloji bolsa, kengroq Quron va hadislardan dalillar keltirib tushuntirib bering!

8976