Ассалому алейкум
Mavzu:

Nazr qurbonligi bilan aqiqani jamlash mumkinmi? 07.09.2016

Savol:

Assalom alaykum. Bir holatni to‘g‘ri tushunishda maslahatingiz kerak edi. Bir necha yil ilgari “Agar Alloh o‘g‘il, qiz farzand bersa, Uning yo‘lida bir qurbonlik qilaman” deb niyat qilgandim. Shukrki, bu niyatim amalga oshdi. Men qilgan bu niyatim “nazr qurbonligi” deb o‘ylab yurardim. Lekin, yaqinda “Qurbonlik risolasi” degan bir kitobni varaqlaganimda u yerda shukrona qurbonligi haqida o‘qib qoldim. Hozirda farzandlarim borligi uchun shukrona qilib qurbonlik qilishdan ilgari nazr qurbonlikni qilishim lozimmi?

Bo`lim Fiqh
5364
Javob:

Va alaykum assalom. Nazrga vafo qilish vojibdir. Bu Qur’oni karim, hadisi shariflar bilan sobit bo‘lgan. Alloh taolo aytadi: “Va nazrlarini to‘la ado qilsinlar!” (Haj, 29). Boshqa oyatda Alloh O‘zining abror bandalarining dunyodagi hayotlari haqida xabar qilib, ular nazrlariga vafo qilishlari, qiyomat kunidan qo‘rqib turishlarini aytgan. 
      Nazrga vafo qilish lozimligiga hadislarda ham hujjat bor. 

 

عَنْ عَائِشَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهَا عَنْ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: مَنْ نَذَرَ أَنْ يُطِيعَ اللهَ فَلْيُطِعْهُ وَمَنْ نَذَرَ أَنْ يَعْصِيَهُ فَلاَ يَعْصِهِ. رَوَاهُ الْبُخَارِيُّ وَأَصْجَابُ السُّنَنِ وَالدَّارِمِيُّ وَمَالِكٌ وَأَحْمَدُ وَابْنُ خُزَيْمَةَ وَابْنُ حِبَّانَ. 

 

     Oisha roziyallohu anho Nabiy sollallohu alayhi va sallamdan rivoyat qiladi: “Kim Allohga itoat etishni nazr qilgan bo‘lsa, U Zotga itoat etsin! Kim U Zotga osiy bo‘lishni nazr qilgan bo‘lsa, osiylik qilmasin!” (Buxoriy, Sunan sohiblari, Dorimiy, Molik, Ahmad, Ibn Xuzayma va Ibn Hibbon rivoyati). 
      Ushbu rivoyatda toatga qilingan nazrga vafo qilish vojib ekani, ma’siyatga qilingan nazrni tark etish lozimligi aytilmoqda. 
      Nazr qurbonligi bilan aqiqani jamlash imkoni yo‘q. Sababi ular ikkovi alohida ibodat. Nazr qurbonlik qilishni nazr qilish bilan bo‘lsa, aqiqa farzand tug‘ilishi bilan bo‘ladi. Nazr qurbonligi va aqiqaning hukmi ham ikki xil. Nazrga vafo qilish vojib. Farzand tug‘ilganida uning nomidan aqiqa qilish esa sunnatdir. Nazrga boy ham, kambag‘al ham vafo qilishi kerak. Aqiqani kambag‘al odam qilmasa ham zarari yo‘q. 
    Nazr qurbonligining go‘shtidan sohibi yemaydi, balki hammasini kambag‘al, bechoralarga tarqatadi. Aqiqa qurbonligining go‘shti o‘zgalarga tarqatilishi bilan birga undan xonadon sohiblari ham yeyishlari mumkin. 
    Umumiy qoida shuki, agar ikki ibodatning asosi bir bo‘lsa, ularda niyatni jamlash joiz. Masalan, junublikdan va juma kuni qilinadigan g‘uslni jamlasa bo‘ladi. Shuningdek, juma kungi va iyd kunining g‘uslini, junublikdan yoki hayzdan qilinadigan g‘uslni ham ham jamlash mumkin. Ammo ikki mustaqil ibodatda alohida-alohida niyat qilish lozim. 
      Demak, siz avvalo nazr qurbonligini qilasiz. Undan keyin qodir bo‘lsangiz, aqiqa qilasiz. Vallohu a’lam! 

Kun hikmati

Keliniga zulm qilayotgan qaynonalar "Hargiz Alloh zolimlar qilayotgan amallardan gofil, deb hisoblama!" (Ibrohim surasi: 42) oyatini yodiga keltirsin…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217292
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар
Nazr qurbonligi bilan aqiqani jamlash mumkinmi? 07.09.2016

Assalom alaykum. Bir holatni togri tushunishda maslahatingiz kerak edi. Bir necha yil ilgari Agar Alloh ogil, qiz farzand bersa, Uning yolida bir qurbonlik qilaman deb niyat qilgandim. Shukrki, bu niyatim amalga oshdi. Men qilgan bu niyatim nazr qurbonligi deb oylab yurardim. Lekin, yaqinda Qurbonlik risolasi degan bir kitobni varaqlaganimda u yerda shukrona qurbonligi haqida oqib qoldim. Hozirda farzandlarim borligi uchun shukrona qilib qurbonlik qilishdan ilgari nazr qurbonlikni qilishim lozimmi?

5364