Musulmon o‘qituvchi ayol hamkasblari bilan qo‘l berib so‘rashmaganligi uchun ishdan bo‘shatildi
12.8.2018 2996

Norvegiyaning Oslo shahrida musulmon o‘qituvchi hamkasb ayollar bilan qo‘l berib ko‘rishishdan o‘zini tortgani uchun ishidan ayrildi.

Musulmon o‘qituvchi ishlayotgan Ekeberg maktabi rahbari Bente Alfxeym uning ustidan ayol hamkasblari shikoyat qilganliklarini, “ko‘pincha u bilan ko‘rishmoqchi bo‘lganda u qo‘l berishni istamaganini”, aytishganini ma’lum qilgan.

Lekin musulmon o‘qituvchi buni ularga nisbatan hurmatsizlik sifatida bilmasliklarini so‘rab, o‘z e’tiqodi nuqtai nazaridan bunday qila olmasligini tushuntirgan.

Shu o‘rinda, Jamiyatdagi millatchilikka qarshi kurashish tashkiloti rahbari Axenaton Oddvar de Leon: “Kishining diniy e’tiqodi uning ish faoliyatini yuritishga keskin xalal bersagina uni ishdan bo‘shatish mumkin”, – deydi.

“Mazkur holat esa mutlaqo boshqa, u bu shartlarga to‘g‘ri kelmaydi”, – deydi u.

Kun oyati

(Ey Muhammad,) oz jonlariga zulm qilgan bandalarimga ayting: Allohning rahmatidan noumid bolmangiz! Albatta, Alloh barcha gunohlarni magfirat qilur.…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217716
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24658
  • 19120
  • 12868
  • 15853