Umra ziyoratchilaridan xushxabar
1.7.2016 5438

   “Umra – 2016” Ramazon mavsumi o‘tgan yillardagi mavsumlar kabi Yurtboshimiz Farmonlariga muvofiq tuzilgan “Haj va Umra tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha Jamoatchilik kengashi”ning qarorlari va tavsiyalari asosida tashkil etilmoqda.
   Ziyoratchilarga qulaylik yaratish maqsadida har bir ziyoratchiga TIUga qarashli “Ziyo”studiyasi bilan hamkorlikda umra amallari haqida to‘liq ma’lumot beruvchi Umra qo‘llanmasi kitobchasi va videodiski tayyorlandi. Shuningdek, ularga O‘zbekiston ramzi tushirilgan nimcha va sumka tarqatildi. Bulardan tashqari, har bir haj va umra safariga boruvchilarni tibbiy tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida hukumatimiz tomonidan e’tibor kuchaytirildi. Jumladan, ular gripp va meningokokkning oldini olish uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, emlandi.
   Shu yilning 25, 27 va 28 iyun kunlari “Umra – 2016” Ramazon mavsumining ishchi guruhi a’zolari, oshpazlar, shifokorlar, guruh rahbarlari va ziyoratchilardan iborat 672 nafari umra arkonlarini bajarish maqsadida Saudiya Arabistoniga jo‘natildi. Jidda shahri aeroportida ularni kutib olishda ishchi guruhi a’zolari va “Al-Hidoya” hamkor shirkat vakillari xizmatda kamarbasta bo‘ldi. Hamkorimiz “Al-Hidoya” shirkati tomonidan Makkai mukarramada “Masjid al-Harom” dan 600 m. uzoqlikda joylashgan 4 yulduzli “Abroj al-Kisva” va Madinai munavvarada Harami nabaviydan 150 metr uzoqlikda joylashgan “Safva Mavadda” mehmonxonalarida ziyoratchilarimizga yuqori saviyada xizmat ko‘rsatilmoqda. Shuningdek, ularni Jidda aeroportidan Madina shahriga olib borish,
   Madina shahridagi qadamjolariga olib chiqish, undan Makka shahriga tashish va u yerdagi ziyoratgohlarga olib chiqishda zamonaviy shinam avtobuslarda xizmat ko‘rsatilmoqda.
    Mehmonxonalarga joylashgach, yurtdoshlarimizga mohir oshpazlarimiz tomonidan tayyorlangan iftorlik va saharlik taomlari taqdim etilmoqda. Shuningdek, har bir ziyoratchiga adashib qolmasligi uchun mehmonxona ma’lumotlari aks etgan bilak tasmasi va mehmonxona kartalari tarqatildi.
    Ziyoratchilarimiz Madinaga kelganlarining ertasidan hamda Makkaga kelganining ikkinchi kunidan boshlab “Qubo” va “Qiblatayn” masjidlari, Uhud tog‘i, “Nur” tog‘i, “Mino”, “Muzdalifa” va “Arofot” vodiysiga ziyoratga olib chiqilmoqda va ular mazkur muqaddas qadamjolar tarixi bilan tanishtirilmoqda. Ziyoratchilar o‘z ibodatlarini emin-erkin, ko‘tarinki ruhda ado etmoqdalar. Ular umra ibodatini bajarish davomida 3 kun Madinada va 7 kun Makka shahrida bo‘lishadi.
    Makkai mukarrama va Madinai munavvara shaharlaridagi mehmonxonalarda erkaklar va ayollar uchun alohida tibbiyot markazlari tashkil etilgan bo‘lib, murojaat etishni istagan umrachilarimizga tibbiy yordam shu yerning o‘zida ko‘rsatilishi imkoniyati to‘la ta’minlab berildi.
    “Umra – 2016” mavsumining ramazon mavsumi ziyoratchilarini kutib olish ishlari shu yilning 5 iyulidan 9 iyuliga qadar tashkil etilishi rejalashtirilmoqda. Ziyorat chog‘ida yurtdoshlarimiz muqaddas Makka va Madina shaharlarida bo‘lib, umra ibodatini ado etishlari davomida ko‘zda yosh bilan yaratib berilgan imkoniyat va sharoitlardan mamnun holda Yurtboshimiz, hukumat rahbarlari hamda ishchi guruhi a’zolari haqiga xayrli duolar qilmoqda.
   25 yillik tarixga ega istiqlolimiz sharofati bilan Umra amallarini ado etish yo‘lida mol-dunyo sarflab, dovonlar oshib, muqaddas diyor – Makkai mukarramada Ka’bai muazzamani tavof qilish baxtiga muvaffaq bo‘lgan aziz yurtdoshlarimizni jonajon Vataniga, ota-ona, farzandlari bag‘riga sog‘-salomat qaytishlarini Alloh taolodan so‘rab, Yaratgan parvardigor ziyoratingizni qabul etib, gunohlaringizni mag‘firat aylasin, deb qolgaymiz.

 

 

www.muslim.uz 

Kun hadisi

Oziga aloqasi bolmagan narsalar bilan shugullanmaslik kishining Islomi gozalligidan darakdir (Imom Termiziy rivoyati, hasan hadis). Izoh: Ushbu hadis…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217618
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24646
  • 19105
  • 12861
  • 15842