O‘zbekistonlik qori Saratov viloyati musulmonlari bilan Ramazon oyini o‘tkazib kelmoqda
30.6.2016 4429

   2016 yil Rossiya Federatsiyasining Saratov viloyati muftiysi M.Bibarsovning Din ishlari bo‘yicha qo‘mita nomiga yo‘llagan xatiga asosan, o‘zbekistonlik qori M.Haydarov joriy yil Ramazon oyida taroveh namozlarini o‘tkazib berishlik uchun Rossiyaning Saratov viloyatiga jo‘nab ketdi.
    Saratov shahri markazida Saratov musulmonlari diniy idorasi, “Rashida” jome masjidi, “Shayx Sayid” madrasasi, “Rodnik” xotin-qizlar jamoat tashkiloti markazlashgan binoda faoliyat olib boradi.
    “Rashida” jome masjidida 6 iyun kunidan boshlab Ramazon oyi davomida taroveh namozlarida Qur’oni karim boshidan oxirigacha xatm etilmoqda. O‘tkazilgan taroveh hamda juma namozlarida o‘zbekistonlik qori namozxonlarni chiroyli Qur’on tilovati bilan xushnud etdi.
     Saratov musulmonlari idorasi tomonidan musulmon jamoasini birligini saqlash, sof islom ta’limotlarini yetkazishda olib borilayotgan shu singari xayrli ishlari bugun o‘z ifodasini topib kelayapti deyilsa, mubolag‘a bo‘lmaydi.
     Rossiya va O‘zbekiston musulmonlarini birlashtirib turgan tinchliksevarlik, bag‘rikenglik va xolis e’tiqod kabi qadriyatlar bugungi kunda ham hamkorlik rishtalarining mustahkamligini ta’minlab kelmoqda.
     Saratov viloyati muftiysi M.Bibarsov Ramazon oyida viloyatning chekka hududlarida joylashgan masjidlarga qilgan safari mobaynida M.Haydarov hamroxlik qilib, joylarda taroveh namozlarini ado etib, Qur’oni karim tilovati va taroveh tasbehlarini o‘qib bermoqda. Yig‘ilgan namozxonlarga Ramazon oyining fazilatlari haqida ma’ruzalar qilinmoqda.
    Bugungi kunda o‘zbekistonlik qorilarning Rossiya, AQSh kabi nufuzli davlatlarda Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazib kelishi katta sharaf, katta muvaffaqiyatdir.

 

www.religions.uz 

Kun hikmati

Keliniga zulm qilayotgan qaynonalar "Hargiz Alloh zolimlar qilayotgan amallardan gofil, deb hisoblama!" (Ibrohim surasi: 42) oyatini yodiga keltirsin…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217620
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24648
  • 19108
  • 12863
  • 15843