Oliy mahadda Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlangan tanlov o‘tkazildi
27.1.2018 4736

Imom Buxoriy nomidagi Toshkent Islom instituti talabalari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning xotirasini, uning mamlakatimiz mustaqilligini qo‘lga kiritishga, milliy davlatchiligimizni qurishga qo‘shgan ulkan hissasi, uning tarixiy rolini abadiylashtirish maqsadida Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlangan “Eng yaxshi insho” tanlovi o‘tkazildi.

Mazkur tanlovda TII talabalari: A.Mavlanov, A.Karimov, M.Hakimullayev, A.Raymberdiyev, F.Izzatillayev, E.Anvarov, X.Sadirov, M.Maxkamov, F.Najmiddinov, Z.Olimov, M.Gulmatov, H.Nodirov, Sh.Akbarov, I.Allayarov, I.Bahromov, Sh.Xalilov, I.Telyakov, B.Najmiddinov, F.Asatullayev, H.Toshtemirov, N.Tojiddinov,  Ye.Nizamatdinov, H.Ergashov, M.Maxamatxonova, M.Parpiyeva, K.Mansurova, Yo.Atadjanova, H.Qurbonova, I.Nurmatova M.Axmedova, F.Yusupova, F.Komiljonovalar quyidagi shartlar asosida ishtirok etdilar.

 

— O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning mustaqillikni qo‘lga kiritishga, milliy davlatchilikni qurishdagi tarixiy roli va ulkan hissasi yoritib berilganligi;

— Islom Karimov asarlarida diniy bag‘rikenglik masalalarining yoritilganligi;

— stilistik va grammatik jihatdan to‘g‘ri yozilganligi;

— tarixiy haqiqatga to‘g‘ri kelishi;

— mavzuning mazmun-mohiyati to‘laqonli ochib berilganligi;

— ilmiy manbalardan keng foydalanganligi;

— yuqori ilmiy, badiiy saviyada yozilganligi;

— mavzuni yoritishda hayotiy misollardan keng foydalanganligi;

— mavzuni yoritishda aniq statistik ma’lumotlar va hayotiy voqealar keltirilganligi;

— mavzuga oid dolzarb masalalar, ularning yechimlari to‘g‘risida takliflar keltirilganligi.

 

Tanlov g‘oliblari 2018 yil 29 yanvar kuni e’lon qilinadi.

 

 

 

Ma’naviyat-ma’rifat va iqtidorli

talabalar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i  O‘.Sobirov

 

muslim.uz

 

Kun hadisi

Oziga aloqasi bolmagan narsalar bilan shugullanmaslik kishining Islomi gozalligidan darakdir (Imom Termiziy rivoyati, hasan hadis). Izoh: Ushbu hadis…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217647
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24651
  • 19112
  • 12864
  • 15848