AQSh islom jamiyati tashkiloti rahbari Mir Arab o‘rta maxsus islom bilim yurtida bo‘ldi
21.10.2016 4213

   Joriy yilning 20 oktyabr kuni Mir Arab o‘rta maxsus islom bilim yurtiga AQSh islom jamiyati tashkiloti rahbari Arslon Sulaymon boshchiligida mexmonlar tashrif buyurishdi. Mexmonlarni bilim yurti mudiri M. No‘’monov qabul qilib, madrasa tarixi va faoliyati haqida gapirib berdi. Ular bilim yurti qabristoni, o‘quv mashg‘ulotlari va bilim yurti kutubxonasini ko‘zdan kechirdilar. Shundan so‘ng martabali mexmonlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
   AQSh islom jamiyati tashkiloti rahbari Arslon Sulaymon suhbat avvalida Mir Arab o‘rta maxsus islom bilim yurtida yaratilgan sharoitlar, dars jarayoni, kutubxona, talabalar bilan uchrashuv haqidagi taassurotlarini gapirib, bilim yurti ma’muriyatiga minnatdorchiligini bildirdi va Amerika Qo‘shma shtatlari musulmonlari nomidan salom yetkazdi.
    O‘zbekistonga tashrif buyurishidan asosiy maqsadi Toshkentda bo‘lib o‘tgan Islom Hamkorlik tashkiloti sammitida qatnashish va O‘zbekiston Respublikasining turli joylarida yashovchi musulmonlar bilan uchrashuv ekani haqida gapirdi. Shundan so‘ng bilim yurti mudiri M. No‘’monov mexmonlarni bilim yurtiga tashrifi bilan qutlab O‘zbekiston ko‘p millatli va diniy bag‘rikenglik diyori ekanini, unda musulmonlar uchun yaratilgan sharoitlar, o‘z faoliyatini olib borayotgan diniy konfessiyalar, buyuk ajdodlarimiz haqida gapirdi. Uchrashuv davomida bilim yurti talabalari O‘zbekistonda dinga berilgan e’tibor, bilim yurtida yaratilgan shart sharoitlar to‘g‘risida ingliz tilida gapirib berishdi.
    So‘ngra, mexmon Arslon Sulaymon talabalarning ingliz tilida ravon gapirishlaridan xursand bo‘lganini, xozir ularning vaqti kelgani, hohlasalar AQShda ta’lim olishlari uchun sharoitlar borligi, u yerda albatta do‘stlar topilishini aytdi. Shu bilan birga “O‘zbekiston musulmonlari va shu jumladan sizlar bilan birga hamkorlik qilishdan xursandman. O‘ylaymanki bu hamkorlik keng ko‘lamda davom etadi” deya ta’kidladi.

 

 

Manba: www.muslim.uz 

Kun hadisi

Oziga aloqasi bolmagan narsalar bilan shugullanmaslik kishining Islomi gozalligidan darakdir (Imom Termiziy rivoyati, hasan hadis). Izoh: Ushbu hadis…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217367
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24629
  • 19087
  • 12852
  • 15830