Xayrli ishlar davom etmoqda.
6.7.2015 5646

 

     Xalqimiz azaldan yoshi ulug‘ insonlarni e’zozlashni, keksalar holidan xabar olishni, yordamga muhtoj kimsalarga yordam qo‘lini cho‘zishga odatlangan va bu asrlar davomida bebaho an’ana va qadryatlarimizga aylangan. Ayniqsa, davlatimiz rahbari tomonidan e’lon qilingan 2015 yil “Keksalarni e’zozlash yili” da mazkur ezgu amallar yanada yuksalib bormoqda.

       Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, hozirgi kunda mamlakatimizda 60 yoshdan oshganlar soni 25 ming nafar 80 yoshdan, 44 ming nafar 90 yoshdan, 8700 nafar 100 yoshdan oshgan mo‘’tabar otaxon va onaxonlar umrguzaronlik qilishmoqda. Ular bizning oltinga teng bo‘lgan bebaho boyligimiz, ma’naviy ustunlarimizdir.

   2015 yilni “Keksalarni e’zozlash yili” deb e’lon qilinganidan beri o‘tgan vaqt mobaynida yurtdoshlarimizning o‘z ota-onalariga, tabarruk keksalarga nisbatan bo‘lgan izzat-ikromlari yuksalib borayotganiga guvoh bo‘lmoqdamiz.

     Bugungi kunda davlatimiz tomonidan ham, o‘z yaqinlari, oilasi tomonidan ham qadrlanib, ardoqlanayotgan keksalarimiz qo‘llari duoda bo‘lib, yurtimizga tinchlik, farovonlik, xonadonlarimizga fayzu-baraka, dasturxonlarimizga to‘kin-sochinlik tilashmoqda.

    Xususan, poytaxtimizdagi “Shayx Zayniddin” jome’ masjidi tomonidan “Keksalarni e’zozlash yili” munosabati bilan muntazam ravishda qator tadbirlar, xayru ehsonlar tashkil etilib kelinmoqda. Jumladan, joriy yil 8 - 9 may kunlari “Xotira va qadrlash” kuniga bag‘ishlab masjid atrofidagi “Islomobod”, “Oqilon”, “Bog‘ ko‘cha”, “Gulzor”, “Shofayz” mahallalarida istiqomat qiluvchi 100 dan ortiq keksalar holidan xabar olindi. Mahalla fuqarolari yig‘inlari bilan hamkorlikda shukrona dasturxoni yozildi. Unda yurtimiz tinchligi, hurriyat yo‘lida qurbon bo‘lgan yurtdoshlarimiz yodga olindi. Ular haqqiga duoi fotiha qilindi. 

       Bu kabi xayrli ishlarni davom ettirish barchamizga nasib etsin!        

 

“Shayx Zayniddin” jome’ masjidi matbuot bo‘limi

Kun oyati

(Ey Muhammad,) oz jonlariga zulm qilgan bandalarimga ayting: Allohning rahmatidan noumid bolmangiz! Albatta, Alloh barcha gunohlarni magfirat qilur.…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217105
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24608
  • 19067
  • 12838
  • 15810