“Haj – 2015” mavsumiga tayyorgarlik
20.8.2015 5489

      Poytaxtimizdagi “Shayx Zayniddin” jome masjidida “Haj – 2015” mavsumiga tayyorgarlik yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi din ishlari bo‘yicha qo‘mita mutaxasisislari, O‘zbekiston musulmonlari idorasi vakillari va guruh rahbarlari ishtirok etishdi.
      Aytish kerakki, hozirgi kunda yiliga jami 11000 kishi haj va umra ziyoratini ado etishmoqda. Mamlakatimiz istiqlolga erishganidan so‘ng o‘tgan davr mobaynida yurtimizdan qariyb 200 000 ga yaqin fuqarolar haj va umra ziyoratlariga borib keldilar.
      Yig‘ilishda so‘nggi paytda Saudiya Arabistoni qirolligida ikkala harami sharifda keng ko‘lamli qurilish va obodonlashtirish ishlari bo‘yicha bir qator qarorlar qabul qilinganligi ta’kidlandi.
     Shuningdek, norasmiy yo‘l bilan hajga borishning oldini olish bo‘yicha bir qancha chora-tadbirlar amalga oshirilganligi ma’lum qilinib, O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashining 2014 yil 23 avgustdagi 967 sonli qarori uchrashuv qatnashchilariga o‘qib, misollar bilan tushuntirib berildi va O‘zbekiston musulmonlari idorasi tizimida “Haj badal” qilishlik qat’iyan to‘xtatilganligi ma’lum qilindi va bu borada zaruriy tavsiyalar berildi.
     Tadbirda xaj ziyoratchilari uchun tayinlangan guruh rahbarlarini ushbu sharafli va mas’uliyatli vazifa bilan qutlab, ularni guruh rahbarligi qonun-qoidalari, burch va mas’uliyatlari bilan tanishtirib o‘tildi. Hamda Hajga boruvchi ziyoratchilar bilan o‘tkaziladigan yig‘ilishlar tartibi, unda e’tibor qaratish lozim bo‘lgan jihatlar, safarga jo‘nab ketish hamda Saudiya Arabistonidagi tashkil qilinadigan ishlarning ellikboshilarga taalluqli bo‘lgan taraflarini atroflicha yoritildi. Safarga doir hujjat ishlarida nimalarga e’tibor qaratish lozimligini tushuntirib berildi. Shuningdek, guruhdagi ziyoratchilar bilan ishlash davomida ularning pasport va boshqa hujjatlarini yuritish qoidalari borasida ham alohida to‘xtalib o‘tildi.
       Yig‘ilish so‘ngida, guruh rahbarlari tomonidan berilgan barcha savollarga batafsil javob berildi.

 

 

“Shayx Zayniddin” jome masjidi matbuot xizmati

Kun hikmati

Keliniga zulm qilayotgan qaynonalar "Hargiz Alloh zolimlar qilayotgan amallardan gofil, deb hisoblama!" (Ibrohim surasi: 42) oyatini yodiga keltirsin…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217080
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24599
  • 19064
  • 12833
  • 15802