Suriyalik bolakaylar Livandagi maktablarga qatnaydi
24.1.2017 3439

   180 mingdan ziyod suriyaliklar bolalar hozirda Livan hududida va ular maktabga chiqishlari, ta’lim olishlari kerak. Bu haqida YuNISEF xabar berdi.
    Xalqaro bolalar tashkiloti xabariga ko‘ra, hozirda 187 ming bola ta’limdan uzilib qolgan. “Ayni paytda minglab bolalar, jumladan maktab yoshiga yetmaganlar ham, zavodlarda, qishloq xo‘jaligi va ko‘chalarda ishlashga majbur bo‘lmoqda”, deyiladi YuNISEF ma’ruzasida.
    “Suriyalik bolalar kambag‘allik, ijtimoiy izolyatsiya va til borasidagi muammolar sabab, ta’lim olishda bebaxra. Natijada, haq-huquqlardan mahrum, erta nikoh va og‘ir mehnat balolariga mahkum butun bir boshli avlod shakllanmoqda”, deydi YuNISEFning Livandagi vakili Tanya Chapisat. Qayd etish kerakki, hozirda Livanda 1,2 millionga yaqin suriyalik qochoq istiqomat qilmoqda.

 

Islam-today

Kun oyati

(Ey Muhammad,) oz jonlariga zulm qilgan bandalarimga ayting: Allohning rahmatidan noumid bolmangiz! Albatta, Alloh barcha gunohlarni magfirat qilur.…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217622
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24649
  • 19109
  • 12864
  • 15844