Musulmon yigit 17 nafar odamni olovdan qutqarib qoldi
17.11.2016 3984

     27 yoshlik saudiyalik Ahmad Avad Anzi (Saudiya qirolining Holid shifoxonasi qo‘riqchisi) yong‘in sodir bo‘lgan chog‘da 17 nafar insonning hayotini qutqarib qoldi, deb xabar beradi Al Arabiya.
    "Klinikada yong‘in boshlangani haqidagi xabar kelib tushgan chog‘da hamkasblar bilan birga tezda voqea joyiga yetib bordik. Bino ichi tutunga to‘lib bo‘lgandi. Sheriklarimga yong‘in o‘chirish xizmatini chaqirishlarini aytdim. Biroq qutaqaruvchilarni kutib turishga vaqt yo‘q edi. Chunki ichkarida ayollar va bolalar bor edi. Shartta ko‘ylakni yechib, og‘zimga bog‘ladim va ichkariga kirib, barcha eshiklarni ochib, odamlarni yong‘indan xabardor qilib chiqdim,”- dedi qo‘riqchi.
   Biroq bu hali hammasi emas. Barcha odamlar tashqariga olib chiqilgan chog‘da yana bir shifokor ayol o‘z xonasida qolib ketgani ma’lum bo‘ladi. Ahmad vaqtni qo‘ldan boy bermay, yong‘in bo‘layotgan binoga o‘zini uradi va ayolni o‘z xonasidan topadi. Bu paytda ayol tutundan bo‘g‘ilib, xushini yo‘qotgan edi.
    Bu yong‘inda qahramon posbonning o‘zi ham tutundan zaharlangan va shifoxonaga yotqizilgan.

 

 

Kun hadisi

Oziga aloqasi bolmagan narsalar bilan shugullanmaslik kishining Islomi gozalligidan darakdir (Imom Termiziy rivoyati, hasan hadis). Izoh: Ushbu hadis…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217614
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24646
  • 19105
  • 12861
  • 15842