Musulmon yigit ota-onasini halokatdan qutqarish uchun bir xafta yelkasida ko‘tarib yurdi
12.4.2018 3079

Myanmalik musulmon yigit qochoqlar lageriga yetib olish uchun yetti kun davomida ota-onasini yelkasida ko‘tarib yurdi. Yelkasidagi ikki savatga otasi va onasini joylashtirib yelkasida olib ketayotgan Muhammad Ayubning surati ijtimoiy tarmoqlarni larzaga keltirdi.

Foydalanuvchilar uni “Odamiylik ramzi” deya nomlashdi. Safarga otlangan Muhammad Ayub yalang oyoq, yupun kiyimda mustaqil harakatlanishga qiynaladigan, qari ota-onasini ikki savatga joylab, yelkasiga ortdi-yu yo‘lga tushdi. U tog‘u-toshlar, daryo-yu o‘rmonlardan o‘tishga majbur edi. Og‘riq, charchoq va qo‘rquvni yengib ota-onasini halokat domida qoldirmaslik uchun jon-jahdi bilan harakat qilar edi u.

Lekin afsuski, bu bilan uning azoblari tugamadi. Kutupalong qochoqlar lageriga yetib kelgan yigit bu yerdagi ahvol ham o‘ta og‘ir, yashash uchun deyarli sharoit yo‘q ekaniga guvoh bo‘ldi. “Kutupalongda 45 kun yashagach otam vafot etdi. Onam esa falajlangan va ko‘plab jarohatlari bor. Agar tezlik bilan uni davolamasa u ham bu foniy dunyoni tark etishi mumkin”, deydi ko‘zida yosh bilan Muhammad.

Muhammad Ayubning onasi Osiyo Hotun 2008 yilda falaj bo‘lib qolgan. Muhammad uning yagona farzandi. Ayol faqatgina farzandining baxtli kelajagini istashini aytib o‘tdi. “Muhammad mening yagonam. Men uning baxtli bo‘lishini va xayotda muvaffaqiyatga erishishini istayman. Mening undan boshqa hech kimi yo‘q”, deydi ona.

Kun hikmati

Keliniga zulm qilayotgan qaynonalar "Hargiz Alloh zolimlar qilayotgan amallardan gofil, deb hisoblama!" (Ibrohim surasi: 42) oyatini yodiga keltirsin…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217150
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24610
  • 19070
  • 12840
  • 15812