Bu yilgi Haj mavsumida ziyoratchilardan birining ko‘zi yoridi
21.10.2016 4206

    Saudiya Arabistoni Sog‘liqni Saqlash Vazirligining joriy yilgi Haj mavsumi yakuniga bag‘ishlangan hisobotida, mavsum davomida 340102 nafardan ortiq ziyoratchiga tibbiy xizmat ko‘rsatilgani ma’lum qilindi. 
   Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, aksariyat ziyoratchilar quyosh urishi natijasida shifokorlarga murojaat qilishgan. Shuningdek, ayrim bemorlar ustida murakkab jarrohlik amaliyoti ham o‘tkazilgan. Quvonarlisi, mavsum davomida shifokorlar yordamida bir nafar chaqaloq ham dunyoga keldi. 
    Eslatib o‘tamiz, joriy Haj mavsumida Vazirlik tomonidan 26000 nafar shifokorlar guruhi ziyoratchilar xizmatiga jalb qilingan edi. Shuningdek, 177 ta tez tibbiy yordam mashinasi Makka va Madina shaharlari, Arafot maydoni, Muzdalifa va Mino vodiysida kechayu kunduz ziyoratchilarga xizmat ko‘rsatdi.

 

 

Manba: www.muslim.uz 

Kun hikmati

Keliniga zulm qilayotgan qaynonalar "Hargiz Alloh zolimlar qilayotgan amallardan gofil, deb hisoblama!" (Ibrohim surasi: 42) oyatini yodiga keltirsin…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217845
  • Sayyidul-istig‘for duosini o‘rganamiz

    Allohumma anta Robbiy la ilaha illa anta xolaqtaniy va ana abduka va ana ala ahdika va vadika mastatotu. Auzu bika min …

    17.12017 97982
  • Alloh la’natlagan pardoz

    Alloh taolo Ozi yaratgan barcha jonzotlar ichida insonni eng gozal suratda yaratganini takidlab, Quroni karimda shunday…

    19.32017 47006
  • QUR’ON tilovati

    Quron oqishdan avval poklanib oling. "Uni (Quronni) tahoratli kishilardan ozgalar ushlamaslar" (Voqea, 79). Quron oqi…

    18.82016 44872
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар

24671
  • 19133
  • 12880
  • 15863