Ассалому алейкум
Mavzu:

Oynaga ko‘p qarash gunohmi? 23.11.2017

Savol:

Assalomu alaykum Ustoz. Sog‘lig‘ingiz yaxshimi?  Sizga beradigan savolim shundan iborat: oynaga ko‘p qarash gunohmi? Bu haqida suyukli Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallamdan hadis vorid bo‘lganmi? Javobingiz uchun oldindan rahmat! 

Bo`lim Ijtimoiy masalalar
8020
Javob:

Va alaykumus salom. Alloh go‘zaldir, go‘zallikni yaxshi ko‘radi. Oynaga qarab, tashqi ko‘rinishini to‘g‘rilashning hech qanday yomon joyi yo‘q. Ali roziyallohu anhudan rivoyat qilinishicha, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam oynaga qarasalar, “Barcha maqtovlar Allohga xos! Yo Alloh, shaklu shamoyilimni chiroyli yaratganingdek, xulqimni ham go‘zal qil!” deb duo qilardilar (Ibn Sunniy rivoyati).

Demak, mo‘min banda oynaga qarab, libosi va sochini tuzatsa bo‘ladi. Lekin bunda ham me’yorni unutmaslik kerak. Huda-behudaga oynaga qarayverish, oyna oldida soatlar vaqtini bekor ketkazish yaxshi emas. Vallohu a’lam!

Kun oyati

(Ey Muhammad,) oz jonlariga zulm qilgan bandalarimga ayting: Allohning rahmatidan noumid bolmangiz! Albatta, Alloh barcha gunohlarni magfirat qilur.…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217619
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар
Oynaga ko‘p qarash gunohmi? 23.11.2017

Assalomu alaykum Ustoz. Sogligingiz yaxshimi? Sizga beradigan savolim shundan iborat: oynaga kop qarash gunohmi? Bu haqida suyukli Paygambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallamdan hadis vorid bolganmi? Javobingiz uchun oldindan rahmat!

8020