Ассалому алейкум
Mavzu:

Bomdod nega quyosh chiqmasidan oldin o‘qiladi? 18.11.2017

Savol:

Assalomu Aleykum. Bomdodni quyosh chiqmasdan o‘qish lozim va quyosh botganda shom o‘qilishi kerak. Nega quyosh chiqmasdan Bomdod o‘qiladi yoki quyosh botganda shom? Rahmat kattakon.

Bo`lim Fiqh
9283
Javob:

Va alaykum assalom. Alloh taolo mo‘min-musulmon bandalariga bir kunda besh mahal namoz o‘qishni buyurgan. Bular: bomdod, peshin, asr, shom va xufton. Bu namoz vaqtlari Alloh tarafidan joriy qilingan. Lekin, aynan nima sababdan bu vaqtlar belgilangani Allohga ayon. Bandalar taabbudiy narsalarni bilmaydilar. Masalan, nega odamning ikkita ko‘zi bor, nima sababdan inson oyog‘i bilan yuradi, kabi savollar berilmaydi. Buning sababini faqat Alloh biladi.

Insonlarga juda oz ilm berilgan. G‘ayb narsalar, Allohgagina ayon bo‘lgan ilmlar bor. Bandalar bular haqida savol beravermasdan, o‘zlariga yuklatilgan vazifalarni sidqidildan ado etsalar, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Chunonchi, bizdan, namoz nega ma’lum vaqtga belgilanganini bilish emas, namozni vaqtida to‘kis ado etish talab etilgan... Vallohu a’lam!

Kun hikmati

Keliniga zulm qilayotgan qaynonalar "Hargiz Alloh zolimlar qilayotgan amallardan gofil, deb hisoblama!" (Ibrohim surasi: 42) oyatini yodiga keltirsin…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217718
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар
Bomdod nega quyosh chiqmasidan oldin o‘qiladi? 18.11.2017

Assalomu Aleykum. Bomdodni quyosh chiqmasdan oqish lozim va quyosh botganda shom oqilishi kerak. Nega quyosh chiqmasdan Bomdod oqiladi yoki quyosh botganda shom? Rahmat kattakon.

9283