Ассалому алейкум
Mavzu:

Aksirganda “haqqisi rost” deyish to‘g‘rimi? 19.03.2017

Savol:

   Assalomu alaykum. Agar bir odam aksa ursa, boshqasi “haqqisi rost”, deydi. Bu gapda jon bormi, “haqqisi rost” deyish hukmi qanday?

Bo`lim Ijtimoiy masalalar
6833
Javob:

   Va alaykum assalom. Islom shariatida aksirish bilan bog‘liq hukmlar bayon qilingan. Jumladan, Abu Hurayra roziyallohu anhu Nabiy sallallohu alayhi va sallamdan rivoyat qiladi: “Alloh (bandaning) aksirishini yaxshi ko‘radi, esnashini yomon ko‘radi. Agar sizlardan birontangiz aksirib, Alloh taologa hamd aytsa, uni eshitgan har bir muslimga “Yarhamukalloh” deyish lozim bo‘ladi. Esnash shaytondandir. Agar birontangiz esnaydigan bo‘lsa, imkon qadar uni qaytarsin! Zero, sizlardan biron kishi esnasa, shayton u(ning usti)dan kuladi” (Buxoriy rivoyati).

   Ushbu rivoyatga ko‘ra, aksirgan banda “Alhamdulillah” deydi. Buni eshitgan birodari “Yarhamukalloh”, deydi. Bunga aksiruvchi “Yahdiykumullohu va yuslihu baalakum”, deb javob qaytaradi.

   Esnashni imkon qadar qaytarish kerak. Agar buning iloji bo‘lmasa, og‘iz qo‘l bilan berkitiladi. Sababi imom Muslim Abu Said Xudriy roziyallohu anhudan naql qilgan hadisda esnagan odamning og‘zidan shayton kirishi aytilgan.

   Aksirish va esnash bilan bog‘liq boshqa rivoyatlar ham vorid bo‘lgan. Ammo siz aytganingizdek, biron mavzuda gaplashib turilgan bo‘lsa, o‘sha gapning rostligini aksirish tasdiqlamaydi. Chunonchi, aksirgandan keyin undan oldin aytilgan gapning rostligini tasdiqlab, “haqqisi rost”, deyish shariatda yo‘q. Aksirish yaxshi narsa, ammo bu banda gapining to‘g‘riligiga dalolat qilmaydi. Vallohu a’lam!

Kun hikmati

Keliniga zulm qilayotgan qaynonalar "Hargiz Alloh zolimlar qilayotgan amallardan gofil, deb hisoblama!" (Ibrohim surasi: 42) oyatini yodiga keltirsin…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217248
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар
Aksirganda “haqqisi rost” deyish to‘g‘rimi? 19.03.2017

Assalomu alaykum. Agar bir odam aksa ursa, boshqasi haqqisi rost, deydi. Bu gapda jon bormi, haqqisi rost deyish hukmi qanday?

6833