Ассалому алейкум
Mavzu:

Mahsi yechilsa, tahorat sinadimi? 26.02.2017

Savol:

Assalomu alaykum! Maxsni yechsa tahorat sinadimi?

Bo`lim Fiqh
6025
Javob:

    Va alaykum assalom. Mahsini yechish bilan unga tortilgan mash buziladi. Bir poyi yechiladimi yoki ikkala poyimi, farqi yo‘q.
    Mug‘iyra ibn Shu’ba roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Biz Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bilan g‘azotda qatnashdik. U zot bizni mahsiga mash tortishga buyurdilar. Agar mahsini yechmasa, musofir uch kecha-uch kunduz, muqim bir kecha-bir kunduz mash tortishi mumkinligini aytdilar” (Tabaroniy va Bayhaqiy rivoyat qilgan).
     Mahsi yechilishi bilan avvalgi betahoratlik oyoqqa o‘tadi. Agar mahsi yechilganda kishining tahorati bo‘lmasa, to‘liq tahorat qilib, keyin namoz o‘qiydi. Agar mash tortish muddati tugamasdan oldin mahsi yechilganda, kishi tahoratli bo‘lsa, faqat oyog‘ini yuvadi, yangidan tahorat qilishi shart emas.
     Ibrohimdan rivoyat qilinishicha, Alqama va Asvaddan, tahorat qilib, mahsiga mash torgan, keyin uni yechgan kishi haqida so‘ralganda, u ikkisi: “Oyog‘ini yuvadi”, deb javob berishgan (Doraqutniy va Bayhaqiy rivoyat qilgan).
     Xullas, mahsi yechilganida kishining tahorati bo‘lmasa, yangidan tahorat qiladi. Bunda mahsiga tortilgan mash butunlay sinadi. Agar mahsisini yechgan odamning tahorati bo‘lsa, u holda oyog‘ining o‘zini yuvib olsa bo‘ldi. Vallohu a’lam!

 

Manba: “Tahorat kitobi”

Kun oyati

(Ey Muhammad,) oz jonlariga zulm qilgan bandalarimga ayting: Allohning rahmatidan noumid bolmangiz! Albatta, Alloh barcha gunohlarni magfirat qilur.…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217637
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар
Mahsi yechilsa, tahorat sinadimi? 26.02.2017

Assalomu alaykum! Maxsni yechsa tahorat sinadimi?

6025