Ассалому алейкум
Mavzu:

Musofirmi yoki muqim? 24.02.2017

Savol:

     Assalomu alaykum, Qori aka! Allox ilmingizni ziyoda, martabangizni baland qilsin. Savol:bir do‘stimning uyi, oilasi Namanganda, ish joyi Toshkentda, Toshkentda ijaraga uyda yashaydi, 1 xaftada, uzogi 15-20 kunda uyiga Namanganga borib 4-5 kun turib yana Toshkentga, ishiga kaytadi. Toshkentdagi uyida sharoiti yaxshi, taxorat qilish va namoz o‘qishga xech qanaqa qiyinchilik yo‘q. Shu do‘stim Toshkentda namozlarini qasr o‘qiydimi yoki to‘liq o‘qiydimi, uyiga qaytganida to‘liq o‘qiydimi? Toshkentda qancha muddat ishlashi aniq emas.

Bo`lim Fiqh
4355
Javob:

     Va alaykum assalom. Kishining tug‘ilib o‘sgan yoki doimiy yashaydigan joyi “vatani asliy” deyiladi. Kamida 15 kun yoki undan ko‘proq muddat yashashga niyat qilgan joyi “vatani iqomat” (vaqtinchalik yashash makoni) deyiladi. Bundan chiqdi, shahar chetidagi uylardan boshlab hisoblaganda, 96 kilometr masofa yo‘l yursa, u yerda o‘n besh kundan kam muddat turishni niyat qilsa, musofir hisoblanadi.
     Agar ikki joyda ham kishini bog‘lab turuvchi narsalar (mol-mulk, oila, uy-joy va hokazo) bo‘lsa, musofir sanalmaydi, namozini to‘liq o‘qiyveradi. Ikki vatan uning uchun bir xil maqomda bo‘ladi. Vallohu a’lam!

Kun hadisi

Oziga aloqasi bolmagan narsalar bilan shugullanmaslik kishining Islomi gozalligidan darakdir (Imom Termiziy rivoyati, hasan hadis). Izoh: Ushbu hadis…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217285
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар
Musofirmi yoki muqim? 24.02.2017

Assalomu alaykum, Qori aka! Allox ilmingizni ziyoda, martabangizni baland qilsin. Savol:bir dostimning uyi, oilasi Namanganda, ish joyi Toshkentda, Toshkentda ijaraga uyda yashaydi, 1 xaftada, uzogi 15-20 kunda uyiga Namanganga borib 4-5 kun turib yana Toshkentga, ishiga kaytadi. Toshkentdagi uyida sharoiti yaxshi, taxorat qilish va namoz oqishga xech qanaqa qiyinchilik yoq. Shu dostim Toshkentda namozlarini qasr oqiydimi yoki toliq oqiydimi, uyiga qaytganida toliq oqiydimi? Toshkentda qancha muddat ishlashi aniq emas.

4355