Ассалому алейкум
Mavzu:

Yungsiz, paypoq-mahsilarga mash tortsa bo‘ladimi? 30.12.2016

Savol:

    Assalamu alaykum Ustoz! Bugungi kunda urf bulgan yupka, ichida yungi yuk paypok Mahsilarga maxs tortish joizmi.

Bo`lim Fiqh
8673
Javob:

   Va alaykum assalom. Mahsiga mash tortish shartlari bor. Jumladan:

 

1. Mahsi oyoqqa tahoratli holda kiyilgan bo‘lishi.

 

2. Mahsi teridan qilingan bo‘lishi.

 

3. Mahsi oyoqning to‘pig‘ini berkitib turishi.

 

4. Mahsining to‘piqdan pastki qismida oyoqning uchta kichik barmoqlari sig‘adigan darajada yirtiq bo‘lmasligi.

 

5. Mahsi biron bog‘ichlarsiz oyoqda turadigan darajada qalin bo‘lishi.

 

6. Mahsi kiyilganda uning yupqaligi yoki boshqa sababdan oyoq ko‘rinmaydigan bo‘lishi.

 

7. Yurgan vaqtda mahsi oyoqdan yechilib ketadigan darajada bo‘lmasligi.

 

8. Mahsi oyoqqa suv o‘tkazmaydigan bo‘lishi.

 

9. Taxminan bir farsax miqdorida yo‘l yurishga chidamli bo‘lishi, yirtilib ketmasligi kerak.

 

    Yupqa mahsi oyoqni nopok narsalardan to‘liq saqlamaydi. Aslida mash tortish mumkin bo‘lishi uchun mahsi safar qilishga yaroqli, suv va chang o‘tkazmaydigan bo‘lishi matlubdir. Mahsiga mash tortish joiz bo‘lishi uchun uni kiyib odatdagi kabi yurish mumkin bo‘lishi kerak. Hanafiylar: “Unday mahsida bir farsax yoki undan ko‘proq masofani bosib o‘tish mumkin bo‘lishi kerak”, deyishgan. Agar bu masofani bosib o‘tguncha yirtilib ketadigan bo‘lsa, bunday oyoq kiyimga mash tortish joiz emas. Bir farsax uch mil, o‘n ikki ming qadamga teng. Bir mil 1848 metr. Bir farsax 5544 metrga teng bo‘ladi.
     Yuqorida sanalgan shartlar mavjud bo‘lgan mahsilarga mash tortish joiz sanaladi. Vallohu a’lam! (Manba: “Tahorat kitobi”)

Kun hikmati

Keliniga zulm qilayotgan qaynonalar "Hargiz Alloh zolimlar qilayotgan amallardan gofil, deb hisoblama!" (Ibrohim surasi: 42) oyatini yodiga keltirsin…

Kitoblar
Eng ko`p o`qilgan maqolalar
Istixora duosi

Istixora sozi lugatda yaxshilik sorash manosini bildiradi. Shariy istilohda, bandaning namoz oqish yoki duo qilish bil…

8.112015 217101
Энг кўп ўқилган савол-жавоблар
Yungsiz, paypoq-mahsilarga mash tortsa bo‘ladimi? 30.12.2016

Assalamu alaykum Ustoz! Bugungi kunda urf bulgan yupka, ichida yungi yuk paypok Mahsilarga maxs tortish joizmi.

8673